Dissertatsiya ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti “Yengil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi Gulboyev Otabek Abdimurod o‘g‘li Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashida o‘z dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Hamkasbimiz “Momiqni aeromexanik tozalagich konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash (Muzrabot paxta tozalash korxonasi misolida)” mavzusidagi ishini "05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari" bo‘yicha yoqlab, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun loyiq ko‘rildi.
✨ Universitet jamoasi nomidan Gulboyev Otabek Abdimurod o‘g‘lini ushbu yutug‘i bilan samimiy muborakbod etamiz!
📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati
🌐tdmau.uz ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook 📹YouTube
Post #35667
1.56K

- 👍 36
- ❤ 10
- 🔥 6
- 🕊 3