📰📰📰📰📰📰📰
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Ozarbayjonning 4 ta yetakchi universiteti bilan hamkorlik o‘rnatdi
Xonkendi shahrida bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston–Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik” mavzusidagi II rektorlar forumi doirasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Ozarbayjonning to‘rtta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlik hujjatlarini imzoladi.
🇦🇿 Hamkor universitetlar:
🔺 Ozarbayjon texnika universiteti;
🔺 Boku davlat universiteti;
🔺 Milliy aviatsiya akademiyasi;
🔺 Sumqayit davlat universiteti.
📌 Hamkorlik talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari, xalqaro konferensiya va seminarlar tashkil etish hamda grantlar doirasida hamkorlikni rivojlantirishni nazarda tutadi.
Ushbu kelishuvlar ta’lim va ilm-fan sohasidagi aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or tajriba almashish hamda muhandislik, energetika, transport, aviatsiya va agrotexnologiyalar yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati
🌐tdmau.uz ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook 📹YouTube
Post #35710
1.09K










- ❤ 10
- 🔥 5
- 👍 2
- ⚡ 1
- 🕊 1