TGViewer
TDMAU | Rasmiy TDMAU | Rasmiy @terdmau · 12.7K subscribers
Post #35792 424
🇺🇿🤝🇦🇿 TDMAU rektori Qorabog‘ universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktabga tashrif buyurdi

II Rektorlar forumi doirasida Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori Rasul To‘rayev forum delegatsiyasi tarkibida Qorabog‘ hududidagi ta’lim muassasalariga tashrif buyurdi.

🏛 Qorabog‘ universiteti

Delegatsiya a’zolari universitetning Tibbiyot va sog‘liqni saqlash fanlari fakulteti hamda Universitet klinikasida bo‘lib, yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdi.

🏫 Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli umumta’lim maktabi

Fuzuli shahrida joylashgan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qardosh Ozarbayjonga sovg‘a sifatida qurilgan, 960 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab 2023-yil 23-avgustda ikki davlat rahbarlari ishtirokida ochilgan. Delegatsiya tashrif davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Mazkur tashriflar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik hamda ta’lim sohasidagi hamkorlikning yorqin ifodasidir.

📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
  • 🔥 4
  • 👍 3
  • ⚡ 2
  • ❤ 1
More from @terdmau
  1. Oct 17, 2026Fakultet hududida obodonlashtirish ishlari olib borildi Termiz davlat muhandislik va agrot…
  2. Oct 17, 2026TDMAUda “Umummilliy diktant” loyihasi davom etmoqda Termiz davlat muhandislik va agrotexno…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →