Huquqbuzarlikning oldini olish: hissiyotlarni boshqarish va to‘g‘ri qaror qabul qilish
Qurilish materiallari sanoati ixtisoslashtirilgan sanoat texnologiyalari fakultetida universitet psixologi ishtirokida talaba-yoshlar uchun amaliy seminar-trening tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida talaba-yoshlarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muhim bilim va tavsiyalar berildi:
➡️Hissiy holatlarni anglash va boshqarish — stressli vaziyatlarda o‘zini tuta bilish;
➡️Nizoli holatlarga barham berish — muammolarni tinch va oqilona yo‘l bilan hal etish;
➡️Oqibatlarni baholash — har bir xatti-harakat va qadamning mas’uliyatini oldindan anglash;
➡️To‘g‘ri qaror qabul qilish — murakkab va hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tanlay bilish.
Interaktiv shaklda o‘tgan treningda hayotiy keyslar muhokama qilinib, talabalarning huquqiy va psixologik madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha foydali muloqot olib borildi.
📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati
🌐tdmau.uz ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook 📹YouTube
Post #35648
977







- 👍 5
- ❤ 1
- 👏 1