Talabalar uchun ishlab chiqarish sohasi vakili ishtirokida workshop tashkil etildi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Energetika va sanoat muhandisligi fakultetida “AMUDAR TEKS” MCHJ ishlab chiqarish texnologi ishtirokida workshop tashkil etildi.
Unda fakultet mas’ullari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Workshop davomida ishlab chiqarish jarayonlari, korxona faoliyati va sohada qo‘llaniladigan texnologiyalar haqida ma’lumotlar berilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Bunday amaliy uchrashuvlar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ishlab chiqarish sohasi bilan yaqindan tanishishida muhim ahamiyat kasb etadi.
📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati
🌐tdmau.uz ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook 📹YouTube
Post #35629
1.11K





- ❤ 5
- 👍 3
- ⚡ 2
- 🕊 1