TGViewer
TDMAU | Rasmiy TDMAU | Rasmiy @terdmau · 12.8K subscribers
Post #35625 1.06K
8534708.pdf3.1 MB
Surxondaryoda “Surxon-agro” zonasi uchun yangi imtiyozlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-oktabrdagi PF–224-son Farmoni bilan Sherobod tumanidagi “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasida issiqxona va agrologistika loyihalarini rivojlantirish choralari belgilandi.

📌 Yer ajratish tartibi
Yerlar elektron onlayn auksion orqali ajratiladi. Boshlang‘ich narx normativ qiymatning 10 foizini, qiymati kamida 10 million dollar bo‘lgan loyihalar hamda Toshkent shahri va viloyatidan issiqxonalarini ko‘chiruvchilar uchun esa 1 foizni tashkil etadi.

💰 Soliq imtiyozlari
Zona ishtirokchilari besh yil davomida yer, mol-mulk va foyda soliqlaridan ozod etiladi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilmaydigan uskuna va materiallar uchun bojxona boji bo‘yicha ham imtiyozlar beriladi.

🏗 Moliyalashtirish va qurilish ishlari
Infratuzilma uchun 220 milliard so‘m, issiqxona majmualariga 180 milliard so‘m, agrologistika markaziga esa 20 milliard so‘m ajratilishi belgilangan. 2027-yilda xalqaro moliya institutlaridan 100 million dollar jalb qilish rejalashtirilgan.
2026-yil 1-dekabrgacha 8 ta kompaniya tomonidan 10 gektardan, 2027-yil 1-maygacha esa 40 gektardan issiqxonalar barpo etiladi. 2027-yil 1-iyungacha 20 gektarlik agrologistika markazi quriladi.

Shuningdek, tayyor issiqxonalar tadbirkorlarga yetti yil davomida bo‘lib to‘lash yoki lizing asosida sotiladi. Ishchilar uchun 7,2 gektar maydonda ko‘p kvartirali uylar qurilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur tashabbuslar hududda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–224-son Farmoni.

📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati

🌐tdmau.uz  ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook  📹YouTube
  • 👍 4
  • 🔥 1
  • 👏 1
  • 🕊 1
More from @terdmau
  1. Oct 15, 2026Vatan tinchligi va ravnaqi — har birimizning mas’uliyatimiz Termiz davlat muhandislik va a…
  2. Oct 15, 2026Vatan tinchligi va ravnaqi — har birimizning mas’uliyatimizdir Qurilish materiallari sanoa…
  3. Oct 15, 2026#SavolJavob #30foizchegirma Pedagog xodimlarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasi…
  4. Oct 15, 2026Huquqbuzarlikning oldini olish: hissiyotlarni boshqarish va to‘g‘ri qaror qabul qilish Qur…
  5. Oct 15, 2026Ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari va xavfsizligi o‘rganildi Universitetd…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →