Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish — xavfsiz kelajak sari muhim qadam
TDMAUda xalqaro kun munosabati bilan seminar-trening tashkil etildi
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida 13-oktabr — Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni munosabati bilan amaliy-ma’rifiy seminar-trening o‘tkazildi.
Universitetning “Atrof-muhit muhandisligi va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Seminar davomida mintaqamizga xos tabiiy ofatlar, jumladan, kuchli chang-qum bo‘ronlari, sel va yer silkinishlari xavfini erta aniqlash, zamonaviy monitoring tizimlaridan foydalanish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri harakat qilish masalalari muhokama qilindi.
📌 Shuningdek, quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Tabiiy ofatlarning oldini olishda zamonaviy ilmiy-texnik yondashuvlar va erta ogohlantirish tizimlarining ahamiyati;
🔹 Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini shakllantirish;
🔹 Favqulodda vaziyatlarda evakuatsiya qoidalariga rioya qilish, birinchi yordam ko‘rsatish va xavfsiz xatti-harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Seminar qizg‘in savol-javoblar va amaliy tavsiyalar bilan davom etdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislaridan batafsil javob oldilar.
📚 Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Axborot xizmati
🌐tdmau.uz ✅Telegram 🌐Instagram✅Facebook 📹YouTube
Post #35614
1.39K










- 👍 5
- ❤ 2
- 🕊 1