TGViewer
Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy @tashmeduni · 21K subscribers
Post #40768 2.82K
#Talabalikka_bag‘ishlov_2026

#intervyu

🎙 Men Umarova Yasmina Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-son davolash 1-kurs talabasiman. Bugungi kun men uchun oddiy marosim emas. Bu — uzoq vaqt davomida qilgan mehnatim, sabrim va orzularimning natijasi.


🔺 Tibbiyot universitetiga kirish yo‘lim oson bo‘lmadi. Bu yo‘lda ko‘p mehnat qildim, o‘zimni sinadim, charchagan paytlarimda ham maqsadimdan voz kechmadim. Har bir o‘qigan mavzum, har bir tayyorlangan kunim meni bugungi manzilimga olib keldi.


🔺 Bugun esa shu yerda, oq xalatda turib, shifokor bo‘lish yo‘lida qasamyod qilayotganimni anglash men uchun juda katta baxt va faxr.

🔺 Menimcha, insonning eng katta g‘alabasi — boshqalardan ustun kelish emas, kechagi o‘zidan kuchliroq bo‘lishidir. Men bugun kechagi o‘zimdan bir qadam oldindaman.

🔺 Bugungi qasamyod esa men uchun yakun emas. Aksincha, haqiqiy yo‘lning boshlanishi. Endi mening oldimda inson hayoti, inson salomatligi va katta mas’uliyat turibdi.

✈️ Bugun men shunchaki talaba sifatida emas, kelajakdagi shifokor sifatida birinchi katta qadamimni qo‘yyapman. Va bu kunni umrim davomida faxr bilan eslab yuraman.

🎙 Umarova Yasmina Haydar qizi.

✅Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin
  • ❤ 9
More from @tashmeduni
  1. Oct 17, 2026🔺IKKI AVLOD, BIR MAS’ULIYAT “Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali marosimining yakuni…
  2. Oct 17, 2026ONA DUOSI, FARZAND IFTIXORI — TALABALIK SARI ILK QADAM 😀 Toshkent davlat tibbiyot univers…
  3. Oct 17, 2026🎼San’at — talabalik bayramining o‘zgacha tarovati 🔺“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tanta…
  4. Oct 17, 2026🔺 “TILIM — MILLATIM, G‘URURIM!” ✨ Ona tilim — millatim faxri, qalbim iftixori! 🔺Toshkent…
  5. Oct 17, 2026🔺Вебинары Elsevier в октябре 2026: 🔺Уважаемые преподаватели, аспиранты, докторанты, маги…
  6. Oct 16, 2026#Konferensiya 🔴❤️❤️❤️ 📌 Poytaxtimizda "Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolza…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →