TGViewer
Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy @tashmeduni · 21K subscribers
Post #40763 1.86K
🎼San’at — talabalik bayramining o‘zgacha tarovati

🔺“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali tadbiri nafaqat ezgu tilaklar, balki jonli musiqa, milliy raqs va betakror san’at namunalari bilan ham yodda qoldi.


🔺Tadbir davomida xonandalar Mustafa, Islom Farmonov, Safira, Islom Axmedov, Davron Axmedov va Tatyana Zaysevaning ijrolari professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarga ko‘tarinki kayfiyat, estetik zavq va unutilmas taassurotlar ulashdi.

🎤 Tadbirni ikki oliy toifali boshlovchi — Usmanova Anora va Abduvaliyev Sherzod yuqori saviyada olib borib, bayramona muhitning yanada jo‘shqin va mazmunli kechishini ta’minladi.

🎼 O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazovning ijrosi esa tadbirning eng yorqin badiiy lahzalaridan biri bo‘ldi. Uning betakror ovozi va sahnadagi mahorati mehmonlar hamda talaba-yoshlarga alohida zavq bag‘ishladi.

🔺“Navo Shifo” raqs ansamblining talaba qizlari tomonidan ijro etilgan milliy va zamonaviy raqslar esa sahnaga o‘ziga xos fayz va joziba olib kirdi. Shuningdek, san’atga oshno talaba-yoshlarning kuy-qo‘shiqlari ularning ijodiy salohiyati va iste’dodini namoyon etdi.

✨ San’at — qalbga ma’naviy ozuqa, go‘zallik va ilhom beradi. Tadbir davomida yangragan kuy-qo‘shiqlar va namoyish etilgan raqslar ustoz va talabalarga ana shunday zavq, ko‘tarinki kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdi.

🔍Ilm va san’at uyg‘unligi — har tomonlama yetuk avlod tarbiyasining muhim omilidir.


✅Rasmiy sahifalarimiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin
  • ❤ 7
More from @tashmeduni
  1. Oct 17, 2026#Talabalikka_bag‘ishlov_2026 #intervyu 🎙 Men Umarova Yasmina Toshkent davlat tibbiyot uni…
  2. Oct 17, 2026🔺IKKI AVLOD, BIR MAS’ULIYAT “Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali marosimining yakuni…
  3. Oct 17, 2026ONA DUOSI, FARZAND IFTIXORI — TALABALIK SARI ILK QADAM 😀 Toshkent davlat tibbiyot univers…
  4. Oct 17, 2026🔺 “TILIM — MILLATIM, G‘URURIM!” ✨ Ona tilim — millatim faxri, qalbim iftixori! 🔺Toshkent…
  5. Oct 17, 2026🔺Вебинары Elsevier в октябре 2026: 🔺Уважаемые преподаватели, аспиранты, докторанты, маги…
  6. Oct 16, 2026#Konferensiya 🔴❤️❤️❤️ 📌 Poytaxtimizda "Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolza…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →