TGViewer
Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy @tashmeduni · 21K subscribers
Post #40758 2.41K
🔺 “TILIM — MILLATIM, G‘URURIM!”

✨ Ona tilim — millatim faxri, qalbim iftixori!

🔺Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-stomatologiya fakultetida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish maqsadida “Tilim — millatim, g‘ururim!” mavzusida bayram tadbiri tashkil etildi.

🌺 Tadbir davomida ona tilimizning boy tarixi, betakror jozibasi, xalqimiz ma’naviy hayotidagi beqiyos o‘rni haqida so‘z yuritildi. Talabalar tomonidan she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, badiiy chiqishlar va tilimizni madh etuvchi ijodiy namoyishlar taqdim etildi.

📚 Ona tili — millatning ruhi, xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy boyligidir. Tilimizni asrash, uning sofligini saqlash, ravon va to‘g‘ri so‘zlash hamda uni kelajak avlodlarga munosib yetkazish har birimizning muqaddas burchimizdir.

🔘Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik, ona tiliga muhabbat va milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.

🔺Ona tilim — faxrim, g‘ururim, bebaho boyligim! Uni sevish, ardoqlash va rivojlantirish barchamizning sharafli vazifamizdir!

🔍 Til bor ekan — millat bor, millat bor ekan — g‘urur va iftixor !
Tashkilotchi tyutori: Toshturdiyeva Xurshida Erkinovna

✅Rasmiy sahifalarimiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin
  • ❤ 4
  • 👍 4
More from @tashmeduni
  1. Oct 17, 2026#Talabalikka_bag‘ishlov_2026 #intervyu 🎙 Men Umarova Yasmina Toshkent davlat tibbiyot uni…
  2. Oct 17, 2026🔺IKKI AVLOD, BIR MAS’ULIYAT “Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali marosimining yakuni…
  3. Oct 17, 2026ONA DUOSI, FARZAND IFTIXORI — TALABALIK SARI ILK QADAM 😀 Toshkent davlat tibbiyot univers…
  4. Oct 17, 2026🎼San’at — talabalik bayramining o‘zgacha tarovati 🔺“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tanta…
  5. Oct 17, 2026🔺Вебинары Elsevier в октябре 2026: 🔺Уважаемые преподаватели, аспиранты, докторанты, маги…
  6. Oct 16, 2026#Konferensiya 🔴❤️❤️❤️ 📌 Poytaxtimizda "Dermatovenerologiya va estetik tibbiyotning dolza…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →