TGViewer
Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy Toshkent davlat tibbiyot universiteti | rasmiy @tashmeduni · 21K subscribers
Post #40765 2.11K
ONA DUOSI, FARZAND IFTIXORI — TALABALIK SARI ILK QADAM

😀 Toshkent davlat tibbiyot universitetida 28-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan “Talabalikka bag‘ishlov — 2026” tantanali tadbirida birinchi bosqich talabalarining ota-onalari ham ishtirok etib, farzandlarini talabalik baxtiga erishganlari bilan samimiy muborakbod etdilar.

🔺Farzandining oliy ta’lim muassasasiga kirishi, ayniqsa, mamlakatimizning nufuzli tibbiyot oliygohida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishi har bir ota-ona uchun katta quvonch va faxrdir. Bu quvonch ortida yillar davomida qilingan mehnat, sabr, mashaqqat, ezgu niyatlar va ona duolari mujassam.


🔺Tadbir davomida talabalardan birining onasi o‘z hayajon va kechinmalarini samimiy ifoda etib, farzandining bugungi yutug‘i nafaqat uning, balki butun oilaning orzu-umidlari ro‘yobi ekanini ta’kidladi. Farzandining kelajakda oq xalat kiyib, insonlar salomatligini asrashdek sharafli kasb egasi bo‘lishi yo‘lidagi ilk qadamlari unga cheksiz baxt bag‘ishlayotganini bildirdi.


🔺Shuningdek, u universitet jamoasini, ustozlarni, yangi talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlarni va ularning ota-onalarini yangi o‘quv yili bilan tabriklab, talabalarga muvaffaqiyat, mustahkam bilim va kelajakda el-yurt koriga yaraydigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlarini tiladi.


🔺Ona duosi, ota-ona ishonchi va ustozlar ta’limi bilan boshlangan bu yo‘l kelajak shifokorlarining ezgu maqsadlari sari qo‘ygan ilk qadamidir. Zero, oq xalat — nafaqat kasb ramzi, balki inson hayoti va salomatligi uchun mas’uliyat timsolidir.

✅Rasmiy sahifalarimiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin
  • ❤ 4
More from @tashmeduni
  1. Oct 18, 2026🔺 Ilk bor xorijlik talabalar o‘zbek tili bo‘yicha respublika olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. 🔺…
  2. Oct 18, 2026🔺“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi! 🔹“Besh tashabbus…
  3. Oct 17, 2026#Talabalikka_bag‘ishlov_2026 #intervyu 🎙 Men Umarova Yasmina Toshkent davlat tibbiyot uni…
  4. Oct 17, 2026🔺IKKI AVLOD, BIR MAS’ULIYAT “Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali marosimining yakuni…
  5. Oct 17, 2026🎼San’at — talabalik bayramining o‘zgacha tarovati 🔺“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tanta…
  6. Oct 17, 2026🔺 “TILIM — MILLATIM, G‘URURIM!” ✨ Ona tilim — millatim faxri, qalbim iftixori! 🔺Toshkent…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →