🔺IKKI AVLOD, BIR MAS’ULIYAT
“Talabalikka bag‘ishlov – 2026” tantanali marosimining yakuniy qismida Toshkent davlat tibbiyot universitetining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bobomurotov Turdiqul Akromovich so‘zga chiqdi.
🔺U bugungi kunning ramziy mazmuniga alohida urg‘u berdi: bir sahnada ikki avlod — sohaning fidoyi ustozlari va yangi davr shifokorlari uchrashdi.
🔺Bu uchrashuv shunchaki tantana emas, balki ilm, tajriba, an’ana va mas’uliyatning avloddan avlodga o‘tishidir. Turdiqul Akromovich talabalik qasamyodi yoshlar zimmasiga oladigan bir kunlik va’da emasligini, u kelajakdagi kasbiy faoliyat davomida shifokor uchun umrboqiy mezon bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
🔹Shuningdek, u mazkur bayramni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishga hissa qo‘shgan barcha ustozlar, xodimlar, hamkorlar va ishtirokchilarga samimiy minnatdorlik bildirdi hamda barchani qizg‘in muborakbod etdi.
🔍Ikki avlod uchrashdi. Bir mas’uliyat esa davom etadi.
✅
Rasmiy sahifalarimiz!
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin
Post #40767
1.91K