Yevroprotokol qabul qilinmasa, nima bo‘ladi?Ko‘pchilik shunday deb o‘ylaydi: agar sug‘urta kompaniyasi yevroprotokolni qabul qilmasa, jabrlanuvchi kompensatsiya olmaydi, aybdor esa zararni o‘z cho‘ntagidan to‘laydi.
🙅♂️ Bu unday emas.
Agar yevroprotokolni ko‘rib chiqish jarayonida sug‘urta kompaniyasi aybdor noto‘g‘ri aniqlangan yoki hodisa dastlab yevroprotokolni rasmiylashtirish talablariga mos kelmagan (masalan, jabrlanganlar bo‘lgan yoki boshqa mol-mulkka zarar yetgan) degan xulosaga kelsa, barcha materiallarni YPX organlariga tergov uchun yuboradi.
Keyin odatiy tartib davom etadi: tergov, sud, zararni qoplash to‘g‘risida qaror va sug‘urta kompaniyasiga qayta murojaat qilish.
YTHda jabrlangan shaxsga har qanday holatda ham quyidagi yo‘llardan biri orqali zararni qoplash belgilanishi kerak:
1️⃣ Yevroprotokol orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibda.
2️⃣ Agar yevroprotokol haqiqiy emas deb topilsa, sud qaroriga asosan.
Jabrlanuvchiga kompensatsiya to‘langanidan keyin sug‘urta kompaniyasi zararni aybdordan undirishi mumkin (bu regress deb ataladi).
Ammo bu faqat quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
✖️ U YTHni qasddan sodir etgan bo‘lsa (buni sud aniqlaydi);
✖️ U mast yoki giyohvandlik vositalari ta’sirida bo‘lgan bo‘lsa (tibbiy ko‘rik natijasiga ko‘ra);
✖️ Uning haydovchilik guvohnomasi bo‘lmasa yoki haydovchilik huquqidan mahrum qilingan bo‘lsa.
Sug‘urta kompaniyasi quyidagi holatda arizani umuman qabul qilmaydi:
✖️ YTH sodir bo‘lgan vaqtda uning amaldagi OSAGO polisi bo‘lmasa.
Shuning uchun polisning amal qilish muddatini va haqiqiyligini regulyatorning
rasmiy saytida tekshirib ko‘ring.
Yodingizda bo‘lsin: yomon xat, imlo xatolari yoki yevroprotokolni to‘ldirishdagi grammatik xatolar kompensatsiya to‘lashni rad etish uchun asos bo‘la olmaydi!
#sugurta #ozbekiston #sugurta #yevroprotokol #osago #osgovts