Sug'urta javobgarligi nima?
Sug'urta javobgarligi - bu sug'urta polisida ko'rsatilgan hodisalardan biri yuz berganda siz zarar ko'rsangiz, sug'urta kompaniyasi sizga kompensatsiya beradigan maksimal miqdor. Ba'zan u javobgarlik limiti deb ham ataladi.
Javobgarlik limiti ko'pincha sug'urta hodisasi yuz berganda nima kompensatsiya qilinishi kerakligiga qarab bo'linadi.
Masalan, majburiy avtotransport vositasi egalarining javobgarligini sug'urta qilish polislari bo'yicha javobgarlik limiti ikki limitga bo'linadi:
Hayot va sog'liqqa yetkazilgan zarar – 52 million so'm. Jabrlanuvchiga tibbiy yordam kerak bo'lganda yoki o'lim holatida merosxo'rlariga kompensatsiya to'lanadi.
Moddiy zarar – 28 million so'm. Bu sug'urta kompaniyasi jabrlanuvchining transport vositasini ta'mirlashi uchun to'laydigan maksimal miqdordir.
#sugurta #uzbekistan #sugurtasotibolish
Post #11
44
- 🔥 1