TGViewer
Channel Public Channel
StartupBase

StartupBase

@startupbaseuz

This is a unique platform that combines a base of promising startups and their founders, as well as partners and investors.

Introduce your startup to the world and find investors and partners.

Website: https://startupbase.uz/en
Subscribers
6.44K
Photos
7.6K
Videos
577
Links
3.2K

Showing posts older than #8647 · Back to latest

Older Posts 20 shown
Post #8646 3.44K
⚡️ Xorazm startaplari uchun venchur fondlari bilan uchrashish imkoniyati

13-avgust kuni Xorazm viloyatida startaplar uchun investitsiya sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Unda hududiy loyihalar o‘z mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri venchur fondlari vakillariga taqdim etish imkoniga ega bo‘ladi.

Ishtirokchilarni nimalar kutmoqda?
🎯 Startup Pitching
12 ta istiqbolli startap sahnaga chiqib, o‘z loyihalarini investorlar oldida taqdim etadi.

💡 Amaliy master-klasslar
Startup va venchur bozori vakillari ishtirokchilarga:
🟩investorlar loyihani baholashda nimalarga e’tibor berishi;
🟩 asoschilar investitsiya jalb qilishda qanday xatolarga yo‘l qo‘yishi;
🟩 mahsulotni investitsiyaga tayyorlash uchun nimalar zarurligi haqida amaliy tavsiyalar beradi.

🗓 13-avgust
📍 IT Park, Xorazm viloyati

🔗 Ro'yxatdan o'tish

🚀 Sessiya startaplarga investorlar bilan aloqa o‘rnatish, ekspertlardan fikr olish va o‘sish imkonini beradi.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 😍 5
  • 🔥 3
  • 👏 3
Post #8645 1.67K
President Tech Award 🥇 Incubation Program va Acceleration Program — arizalar qabuli yakunlanishiga 7 kun qoldi ❗️President Tech Award doirasidagi Incubation Program va Acceleration Program uchun arizalar qabuli yakunlanishiga atigi 7 kun qoldi. Dasturlardan qaysi biri siz uchun?…
🥇 Bugun — Incubation va Acceleration dasturlariga ariza topshirishning so‘nggi kuni!

President Tech Award doirasidagi Incubation Program va Acceleration Program uchun arizalar qabuli bugun, 10-avgust kuni yakunlanadi.

Qaysi dastur sizga mos?

🔹 Incubation Program
MVP yoki dastlabki prototipga ega bo‘lgan early-stage startup jamoalari uchun.
🏆 Eng yaxshi 25 ta startup $40 000 grant sohibiga aylanadi.


🔹 Acceleration Program
Bozorda dastlabki natijalarga va traction’ga ega, tezroq o‘sishni maqsad qilgan startup jamoalari uchun.
🏆 Eng yaxshi 15 ta startup $100 000 investitsiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


📄 Ariza topshirish tartibi bilan ushbu yo‘riqnomada tanishing.

🚀 Bu — dasturlarga qo‘shilish uchun so‘nggi imkoniyat.
Uni qo‘ldan boy bermang va bugun awards.gov.uz orqali arizangizni yuboring.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 👏 2
  • 🔥 1
  • 🎉 1
  • 😍 1
Post #8644 1.61K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 3
  • 🤩 1
  • 😍 1
Post #8643 4.23K
🌐 Startapingizni xalqaro bozorga olib chiqishga tayyormisiz?

Plug and Play Uzbekistan xalqaro akseleratsiya dasturining 7-oqimi uchun arizalar qabuli boshlandi.

Dastur kimlar uchun?

🟢 O‘zbekistonning barcha hududlaridagi, ayniqsa, Farg‘ona vodiysidagi startup asoschilari;
🟢 dastlabki foydalanuvchilar, ishlaydigan prototip yoki ilk daromadga ega startuplar;
🟢 FinTech, Enterprise AI, SaaS, DeepTech va turdosh yo‘nalishlardagi jamoalar.

Dastur ishtirokchilarga nimalar beradi?

🟣 Individual mentorlik — xalqaro ekspertlar, korporativ innovatorlar va faol venchur investorlar bilan ishlash;
🟣 Amaliy master-klasslar — pitch strategiyasi, xalqaro huquqiy tuzilma va o‘sish bo‘yicha sessiyalar;
🟣 Korporativ hamkorlik — Plug and Play tarmog‘idagi 550+ global kompaniya bilan pilot loyihalarni ishga tushirish imkoniyati.


🗓 Arizalar qabuli: 31-avgustgacha
📍 Farg'ona shahri

🔗 Ariza topshirish

🚀 Startupingizni xalqaro miqyosda rivojlantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 4
  • 🙏 2
  • 😍 2
  • 👍 1
Post #8642 5.2K
🏳️ Global Startup Ecosystem Awards 2026 ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi

23-sentabr kuni ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan va StartupBlink hamkorligida Global Startup Ecosystem Awards taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda StartupBlink Global Startup Ecosystem Index natijalari asosida yuqori o‘sish, yetakchilik va innovatsion salohiyat namoyish etgan shaharlar, mamlakatlar hamda hududlar taqdirlanadi.

Dastur davomida:
🟢 dunyoning yetakchi startup ekotizimlarini taqdirlash marosimi;
🟢 xalqaro ekspertlar va ekotizim vakillari ishtirokidagi panel muhokamasi;
🟢 davlat tashkilotlari, investorlar va startup hamjamiyatlari bilan networking;
🟢 mamlakatlar o‘rtasida yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari o‘rin oladi.

Ushbu tadbir O‘zbekistonni global startup ekotizimlari uchrashadigan va ularning yutuqlari e’tirof etiladigan xalqaro maydonga aylantiradi.


🗓 23-sentabr
🔗 Ro'yxatdan o'tish

🚀 Global startup ekotizimining yetakchi vakillari bilan uchrashish va xalqaro hamkorliklar boshlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 5
  • 🙏 1
  • 😍 1
Post #8641 1.39K

Forwarded from Enterprise Uzbekistan

Big step forward for Enterprise Uzbekistan!

The Senate of the Oliy Majlis has approved the Constitutional Law "On the International Digital Technology Center," giving Enterprise Uzbekistan its full legal foundation.

The law sets out a dedicated legal regime for the center — based on elements of English and Welsh law, along with simplified registration, licensing, and business procedures built on international standards.

Next step: the President's signature. Once signed, Enterprise Uzbekistan moves closer to becoming a true home for global tech companies building and scaling from Uzbekistan.

Read more.

Telegram | Facebook | Instagram | LinkedIn | X
  • 🔥 8
  • 😍 3
  • 🙏 1
Post #8640 1.71K
📰 #News: O‘zbekiston va dunyo texnologiya olamida nimalar bo‘lyapti?

Yangi rubrikamizda startap, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi muhim yangiliklarni qisqa formatda jamlaymiz.

👇 Bugungi dayjestda:

1. “Samarkand-2028” sun’iy yo‘ldoshi orbitaga muvaffaqiyatli chiqarildi

2. Yoshlar Ventures Silikon vodiysi startap asoschilari ishtirokidagi mentorlik dasturini boshlaydi

3. President Tech Award Incubatsiya va Akseleratsiya dasturlariga arizalar qabuli yopilishiga 3 kun qoldi

4. President AI Award arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

5. Toshkent ilk Silk Road Finance & Technology Forum’ga mezbonlik qiladi

6. OpenAI 100 ming tadqiqotchi uchun yangi dastur ishga tushirdi

7. AWS va Superblocks korporativ AI-ilovalar yaratish bo‘yicha hamkorlikni boshladi

8. Google DeepMind Gemini Robotics ER 2 modelini taqdim etdi

9. Higgsfield SIGGRAPH 2026’da “Kök Börü” animatsion filmini taqdim etdi.

10. Khan Tengri Innovation Hub Markaziy Yevroosiyo startaplariga S-Tron Shanghai 2026’da ishtirok etish imkonini taqdim etmoqda

11. O‘zbekiston sun’iy intellekt mahsulotlari hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

12. O‘zbekiston MedTech innovatorlari Xitoyda tibbiy sun’iy intellekt treningidan o‘tdi

13. Level 35 Game Jam'ga arizalar qabuli ochiq

14. Central Eurasia Market Entry dasturiga arizalar qabuli 16-avgustgacha davom etadi

🚀 Texnologiyalar olami bir joyda turmaydi — keyingi #News sonida yana eng muhim yangiliklarni bir joyga jamlaymiz.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 3
  • 🎉 2
  • 👌 1
  • 😍 1
Post #8639 1.18K

Forwarded from President Tech Award

President_Tech_Award.pdf3.9 MB
🥇 President Tech Award 2026: ariza to‘ldirish yo‘riqnomasi

President Tech Award 2026 uchun arizangizni to‘ldirdingizmi?

✅ Uni yakuniy yuborishdan avval barcha ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq kiritilganiga ishonch hosil qiling.

Biriktirilgan yo‘riqnomada quyidagi jarayonlar bosqichma-bosqich tushuntirilgan:

🔵 platformada ro‘yxatdan o‘tish;
🔵 jamoa va loyiha ma’lumotlarini kiritish;
🔵 ommaviy ofertani to‘ldirish;
🔵 arizani yakuniy yuborish.

⚠️ Arizalar qabuli:
🔹 Inkubatsiya dasturi — 10-avgustgacha;
🔹 Akseleratsiya dasturi — 10-avgustgacha;
🔹 Best Startup Project — 31-avgustgacha.


👉 Arizangizni awards.gov.uz orqali topshiring.

Yo‘riqnomani ko‘rib chiqing va barcha ma’lumotlar to‘liq kiritilganini tekshiring.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 2
  • 🙏 2
  • 😍 1
Post #8638 4.27K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 5
  • 🤩 2
  • 😍 2
Post #8637 5.08K
🌠 LVL'ni zabt etishga tayyormisiz?

21–23-avgust kunlari School 21’da "35 LVL Game Jam" bo‘lib o‘tadi. Tadbir IT Park Uzbekistan, School 21 va East Games tomonidan tashkil etilmoqda.

🤜 Sizni o‘yin g‘oyasini 3 kun ichida ishlab chiqish va uni haqiqiy prototipga aylantirish imkoniyati kutmoqda.

O‘zingizga qulay formatni tanlang:
🟢 oflayn|School 21, Toshkent
🟢 onlayn|Butun O'zbekiston bo'ylab
🔥 Game Jam mavzulari tadbir boshlanishida e’lon qilinadi.
Ishtirokchilarni jarayon davomida ko‘plab kutilmagan syurprizlar ham kutmoqda!

🗓 21–23-avgust
📍 School 21

Ro'yxatdan o'tgandan so'ng ishirikchilar guruhiga qo'shing 👇
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish
👥 Ishtirokchilar guruhi

Challenge'ni qabul qiling va uch kun ichida qanday o‘yin yarata olishingizni ko‘rsating!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🎉 3
  • 🔥 2
  • 😍 2
Post #8636 1.49K

Forwarded from President AI Award

President_AI_Award_Tutorial_UZ.pptx.pdf4.5 MB
🧠 President AI Award 2026: ariza to'ldirish yo'riqnomasi

President AI Award 2026 uchun arizangizni to‘ldirdingizmi?

✅ Uni yakuniy yuborishdan avval barcha ma’lumotlar to‘g‘ri va to‘liq kiritilganiga ishonch hosil qiling.

Biriktirilgan yo'riqnomada quyidagi jarayonlar bosqichma-bosqich tushuntirilgan:
🔵 platformada ro‘yxatdan o‘tish;
🔵 jamoa va loyiha ma’lumotlarini kiritish;
🔵 ommaviy ofertani to'ldirish;
🔵 arizani yakuniy yuborish.

⚠️ Arizalar 15-avgustgacha qabul qilinadi.
👉 Arizangizni awards.gov.uz orqali topshiring

Yo'riqnomani ko‘rib chiqing va barcha ma’lumotlar to‘liq kiritilganini tekshiring.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 4
  • 😍 3
  • 🎉 2
Post #8635 1.84K
StartupBase 🇦🇪 Startapingizni MENA bozoriga olib chiqishni rejalashtiryapsizmi? 👉 IT Park Uzbekistan Tumar Innovation Hub va Astana Hub bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo startaplari uchun Dubayda o‘tkaziladigan Digital Startups Scale Up xalqaro akseleratsiya dasturining…
⚡️ Arizalar qabuli yakunlanishiga 2 hafta qoldi!

🇦🇪 Startapingizni MENA bozoriga olib chiqishni rejalashtiryapsizmi?

IT Park Uzbekistan , Tumar Innovation Hub va Astana Hub bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo startaplari uchun Dubayda o‘tkaziladigan Digital Startups Scale Up xalqaro akseleratsiya dasturining ikkinchi oqimini ishga tushirmoqda.

Dastur davomida ishtirokchilar:
🔹 mahsulotini xalqaro bozorga moslashtiradi va sinovdan o‘tkazadi;
🔹 tajribali mentorlar va soha ekspertlaridan bilim oladi;
🔹 investorlar, korporativ hamkorlar va potensial mijozlar bilan uchrashadi;
🔹 biznesni rivojlantirish va yangi bozorlarga chiqish bo‘yicha amaliy tavsiyalar oladi.

Ishtirok etish talablari:

🟩 Pre-seed yoki undan yuqori bosqichdagi startap bo‘lishi;
🟩 SAFE shartnomasi tuzish imkonini beruvchi yuridik shaxsga ega bo‘lishi;
🟩 Mahsulotning BAA (UAE) bozori ehtiyojlariga mos kelishi;
🟩 Dasturda ishtirok etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplay olish;
🟩 Ingliz tilini erkin bilish;
🟩 Astana Hub yoki IT Park Uzbekistan rezidenti bo‘lish.

🗓 Dastur jadvali:
5-sentabr — onlayn tayyorgarlik bosqichining boshlanishi;
5-oktabr — Dubaydagi oflayn bosqichning boshlanishi;
5-dekabr — Demo Day


✅ Arizalar qabuli: 24-avgustgacha
🔗 Ro'yxatdan o'tish

🚀 Barcha ishtirokchilarga global bozorda katta muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 3
  • 🙏 1
  • 😍 1
Post #8634 1.75K

This post (sticker, poll or similar) has no web preview. Open in Telegram

  • 🔥 5
  • 🤩 1
  • 😍 1
Post #8633 1.51K
StartupBase 🇯🇵 FinTech biznes va startapingizni Tokioga olib chiqishga tayyormisiz? Unda bu imkoniyat siz uchun! Tokyo Financial Award 2026 xalqaro FinTech yo‘nalishidagi kompaniyalar uchun arizalar qabul qilishni boshladi. 🚀 Eng yaxshi loyihalarga mukofotlar bor: 1️⃣…
🇯🇵 Tokyo Financial Award 2026'ga arizalar qabuli 14 avgustgacha uzaytirildi!

FinTech biznes va startapingizni Tokioga olib chiqishga tayyormisiz? Unda bu imkoniyat siz uchun!

Tokyo Financial Award 2026 xalqaro FinTech yo‘nalishidagi kompaniyalar uchun arizalar qabuli davom etmoqda.

🗓 Arizalar qabuli : 14-avgustgacha

🔗 Ariza topshirish

Barcha ishtirokchilarga omad tilab qolamiz!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 😍 3
  • 🔥 1
  • 🤩 1
Post #8632 1.73K
🏆 Fintech Stars Battle 2026: $100,000 gacha investitsiya jalb qiling

Fintech mahsulotingizni Markaziy Osiyo investorlariga taqdim etishga tayyormisiz?

11-sentabr kuni saralangan 5 ta startap Olmaotada bo‘lib o‘tadigan Central Asia Fintech Summit 2026 sahnasida o‘z yechimini namoyish etadi.

Ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlar uchun bellashadilar:

🟢 SAFE shartnomasi asosida $100 000 gacha investitsiya;
🟢 Dubaydagi akseleratsiya dasturi;
🟢 hamkorlarning maxsus sovrinlari.

Barcha finalchilar ekspert va investorlardan fikr-mulohaza olish, venchur fondlari bilan bevosita aloqa o‘rnatish hamda loyihani kengaytirish uchun yangi hamkorlar topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Ustuvor yo‘nalishlar:

🔹 to‘lov yechimlari;
🔹 ochiq banking;
🔹 AI va mashinaviy o‘rganish;
🔹 blokcheyn;
🔹 raqamli identifikatsiya va kiberxavfsizlik.

Tanlov bosqichlari:
1-sentabr — arizalar qabuli yakunlanadi
8-sentabr — beshta finalchi e’lon qilinadi
8–10-sentabr — tayyorgarlik va repetitsiya
11-sentabr — final: pitch uchun 5 daqiqa va hakamlar savollariga 7 daqiqa.


🗓 Arizalar qabuli: 1 sentyabrgacha

🔗 Ariza topshiring
👉 Sammitda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting

🚀 Yechimingizni fintech bozorining yetakchi vakillariga taqdim eting va startapingiz uchun yangi o‘sish imkoniyatlarini oching!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🙏 4
  • 🔥 3
  • 😍 2
Post #8631 1.48K
🇨🇳Eslatib o'tamiz, HICOOL 2026 arizalar qabuli yopilishiga 5 kun qoldi!

Xitoy bozoriga chiqish va xalqaro investorlar bilan aloqa o‘rnatishni istaysizmi?

🔼 IT Park Uzbekistan startaplar, investorlar va innovatsiya yetakchilarini birlashtiruvchi HICOOL 2026 Global Entrepreneur Summit uchun milliy startap delegatsiyasini shakllantirmoqda.

Saralangan startaplar:
🔹 O‘zbekiston milliy pavilyonida o‘z stendiga ega bo‘ladi;
🔹 sammit forumlarida pitch qilish imkoni;
🔹 ochilish marosimi va HICOOL 2026 taqdirlash marosimida qatnashadi;
🔹Pekin bo'yicha tur.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

✔️ Xitoy va Osiyo bozorlariga chiqishni rejalashtirayotgan IT Park rezident startaplari;
✔️ AI va robototexnika, dasturiy ta’minot va IT, IoT va aqlli shaharlar, chiplar va kvant texnologiyalari, FinTech, BioTech, MedTech yoki AgriTech yo‘nalishidagi startaplar;
✔️ mahsulotining ingliz tilidagi versiyasiga ega, jonli demo namoyish etishga tayyor hamda founder yoki C-level rahbar tomonidan taqdim etiladigan kompaniyalar.

🔎 HICOOL 2026 doirasidagi 70 dan ortiq tadbirda 50 ta mamlakatdan 600 ta eksponent, 1,000 dan ortiq investor, 300 ta yetakchi kompaniya va 50,000 dan ortiq tadbirkor ishtirok etadi.


ℹ️Safar va yashash xarajatlari ishtirokchi kompaniyalar tomonidan qoplanadi.

📍 Pekin, Xitoy
🗓 2026-yil 26–29-avgust
⏲️ Arizalar 10-avgustgacha qabul qilinadi

Startapingizni Xitoyning yetakchi innovatsion platformalaridan biriga olib chiqing.

🔗 Ro‘yxatdan o‘ting

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 3
  • 🤩 2
  • 😍 1
Post #8630 1.18K

Forwarded from President Tech Award

🥇 President Tech Award'dan yangi marralar sari

2024-yilda Cradle Vision Tech “Sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar” yo‘nalishida 3-o‘rinni egalladi.

Bank, retail, ta’lim va davlat sektori uchun AI-video tahlil yechimlarini yaratayotgan startap IT Park Ventures’dan $110,000 jalb qildi hamda Plug and Play Batch 4 va NVIDIA Inception dasturlariga qabul qilindi.

“President Tech Award bizni yanada strategik fikrlashga, aniq maqsadlar belgilashga va haqiqatan muhim yo‘nalishlarga e’tibor qaratishga o'rgatdi”,
— Sardorbek Atakhanov, Cradle Vision Tech CEO’si


👉 awards.gov.uz orqali ariza topshiring va startapingiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini oching!

📲 Tanlov yangiliklarini rasmiy Telegram-kanalida kuzatib boring.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 2
  • 🙏 2
  • 😍 1
Post #8629 2.91K
🧠 Umummilliy AI Hackathon | Qarshi

15–18-avgust kunlari Umummilliy AI Hackathonning navbatdagi bosqichi Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Hackathon yo‘nalishlari:
🔵 Sog‘liqni saqlash va farmatsevtika
🔵 Ta’lim
🔵 Tadbirkorlik

Qo‘shimcha treklar tez orada e’lon qilinadi.

🏅Maxsus nominatsiyalar:
• Eng qiziqarli taqdimot
• Eng dolzarb ijtimoiy loyiha

Kimlar ishtirok etishi mumkin?

🔵16 yoshdan katta bo‘lgan yoshlar;
🔵 Pasport yoki ID-kartaga ega bo‘lganlar;
🔵Qashqadaryo viloyatida istiqomat qiluvchilar;

❗️ Har bir ishtirokchi alohida ro‘yxatdan o‘tishi shart.
Avval Umummilliy AI Hackathonning boshqa viloyat bosqichida ishtirok etgan nomzodlar ushbu bosqichda qatnasha olmaydi.


🗓
Arizalar qabuli : 13-avgustgacha
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

🚀 AI-g‘oyangizni namoyish eting va o‘z imkoniyatingizni sinab ko‘ring. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 👏 3
  • 🔥 2
  • 🎉 2
  • 😍 2
Post #8628 3.69K
🥇 President Tech Award va 🧠President AI Award savol-javob sessiyasi

7-avgust kuni tanlovlarning loyiha menejerlari School 21’da ishtirokchilar bilan uchrashadi.

🔵 Uchrashuvda umumiy grant va investitsiyalar hajmi $6,000,000 bo‘lgan dasturlarning yo‘nalishlari, ishtirok etish talablari va ariza topshirish jarayoni haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

🗓 7-avgust, soat 16:00
📍 School 21, Ziyolilar ko‘chasi, 13-uy

👉 Ro‘yxatdan o‘ting

🚀 Savollaringizga javob oling va arizangizni ishonch bilan tayyorlang!

@startupbaseuz
  • 🔥 3
  • 🙏 1
  • 😍 1
Post #8627 1.39K
📖 #StartupDictionary

Value Proposition

Oldingi sonimizda CustDev orqali foydalanuvchilarning haqiqiy muammolarini aniqlash haqida gaplashgan edik.

Muammo aniqlandi, yechim ham topildi.
Endi siz bitta savolga aniq javob bera olishingiz kerak:

❓ Nega aynan sizning mahsulotingizni tanlash kerak?

✅ Bu savolga Value Proposition javob beradi.

💡 Value Proposition yoki qiymat taklifi — mahsulotingiz kim uchun yaratilgani, uning qanday muammosini hal qilishi va qanday natija berishini qisqa hamda aniq ifodalovchi bayonot.

Uni quyidagi formula asosida tuzish mumkin:

👉 Biz [auditoriya]ga [muammo]ni [yechim] orqali hal qilish va [natija]ga erishishga yordam beramiz.

Masalan:

“Biz internet-do‘konlarga sun’iy intellekt yordamida mijozlar savollariga 24/7 javob berish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini kamaytirishga yordam beramiz.”

Aniq Value Proposition mijozga mahsulot qiymatini tez tushunishga, jamoaga esa ustuvorliklarni belgilashga yordam beradi.

👉 Keyingi #StartupDictionary sonida mahsulotni bozorga olib chiqish — Go-to-Market strategiyasi haqida gaplashamiz.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 2
  • 👍 1
  • 🙏 1
  • 😍 1
Older posts →
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →