TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.45K subscribers
Post #8627 1.39K
📖 #StartupDictionary

Value Proposition

Oldingi sonimizda CustDev orqali foydalanuvchilarning haqiqiy muammolarini aniqlash haqida gaplashgan edik.

Muammo aniqlandi, yechim ham topildi.
Endi siz bitta savolga aniq javob bera olishingiz kerak:

❓ Nega aynan sizning mahsulotingizni tanlash kerak?

✅ Bu savolga Value Proposition javob beradi.

💡 Value Proposition yoki qiymat taklifi — mahsulotingiz kim uchun yaratilgani, uning qanday muammosini hal qilishi va qanday natija berishini qisqa hamda aniq ifodalovchi bayonot.

Uni quyidagi formula asosida tuzish mumkin:

👉 Biz [auditoriya]ga [muammo]ni [yechim] orqali hal qilish va [natija]ga erishishga yordam beramiz.

Masalan:

“Biz internet-do‘konlarga sun’iy intellekt yordamida mijozlar savollariga 24/7 javob berish va qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini kamaytirishga yordam beramiz.”

Aniq Value Proposition mijozga mahsulot qiymatini tez tushunishga, jamoaga esa ustuvorliklarni belgilashga yordam beradi.

👉 Keyingi #StartupDictionary sonida mahsulotni bozorga olib chiqish — Go-to-Market strategiyasi haqida gaplashamiz.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 2
  • 👍 1
  • 🙏 1
  • 😍 1
More from @startupbaseuz
  1. Oct 12, 2026⚡️ Bootcamp intensiv dasturining Customer Validation yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tish boshla…
  2. Oct 12, 2026⚡️ President Tech Award 2026: “Best Startup Project” yo‘nalishi bo‘yicha muhim yangilik! �…
  3. Oct 12, 2026🇺🇿 O‘zbekiston robototexnika bo‘yicha 185 davlat orasida mutlaq chempion bo‘ldi! 7–10-ok…
  4. Oct 12, 2026🇺🇸 Markaziy Osiyo startap hamjamiyati San-Fransiskoda uchrashadi! 🟢 IT Park Uzbekistan…
  5. Oct 12, 2026Post #9233
  6. Oct 11, 2026⚡️ Startapingizni uchun noyob imkoniyat: bootcamp intensiv dasturi boshlanmoqda! Mijoz, ma…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →