TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.29K subscribers
Post #8569 1.73K
📖 #StartupDictionary

CustDev


Oldingi sonimizda Product-Market Fit (PMF) haqida gaplashgan edik.

❓ Xo‘sh, unga qanday erishiladi❓

Zo‘r startup g‘oyasini topdingiz.
Balki darrov mahsulotni ishga tushirish, mijozlar va katta natijalarni tasavvur qilayotgandirsiz.

Lekin darhol mahsulotni yaratishga shoshilmang.

Avval bu loyiha odamlarga chindan ham kerakligiga ishonch hosil qiling. Aks holda, zo‘r g‘oya ham o‘z mijozini topolmay qolishi mumkin.

✅ Bunga CustDev (Customer Development) yordam beradi.

💬 CustDev — bu mahsulot yaratishdan oldin foydalanuvchilar bilan gaplashib, ularga aslida nima kerakligini tushunish jarayoni.

Bunday suhbatlarda founder mahsulotini sotmaydi yoki taqdimot qilmaydi. Aksincha, u quyidagilarni tushunishga harakat qiladi:

◾️ foydalanuvchi qanday muammolarga duch keladi;
◾️ muammolarni hozir qanday hal qiladi;
◾️ mavjud yechimlarda uni nima qoniqtirmaydi;
◾️ yaxshiroq yechim uchun pul to‘lashga yoki uni izlashga tayyormi.

Nima uchun bu muhim?

CustDev mahsulotni taxminlar asosida emas, balki haqiqiy foydalanuvchi ehtiyojlari asosida yaratishga yordam beradi. Foydalanuvchini qanchalik erta tushunsangiz, keraksiz funksiyalarga shuncha kam vaqt va resurs sarflaysiz.

👉 Foydalanuvchi muammosini aniqladingiz. Endi mahsulotingiz nima uchun aynan unga mos ekanini ko‘rsatish kerak. Keyingi #StartupDictionary sonida Value Proposition haqida gaplashamiz.

@startupbaseuz

Читать на русском

Read in English

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 4
  • 🎉 2
  • 🤩 1
More from @startupbaseuz
  1. Sep 25, 2026🌏 IT Park Ventures va Gobi Partners Markaziy Osiyoda venchur hamkorlikni kengaytirish imk…
  2. Sep 25, 2026🇰🇷 IT Park Uzbekistan va KDDI Korea IT-mahsulotlar eksporti va O‘zbekistondagi faoliyatn…
  3. Sep 25, 2026🤝 IT Park Uzbekistan Princeville Capital va Hypernova Capital bilan investitsion hamkorli…
  4. Sep 25, 2026🌍 IT Park Uzbekistan va Knowledge Oasis Muscat O‘zbekiston va Ummon startaplari uchun yan…
  5. Sep 25, 2026🏆 OTS Technology Forum doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston startaplari taq…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →