TGViewer
StartupBase StartupBase @startupbaseuz · 6.23K subscribers
Post #8642 5.13K
🏳️ Global Startup Ecosystem Awards 2026 ilk bor O‘zbekistonda o‘tkaziladi

23-sentabr kuni ICT WEEK Uzbekistan 2026 doirasida IT Park Uzbekistan va StartupBlink hamkorligida Global Startup Ecosystem Awards taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda StartupBlink Global Startup Ecosystem Index natijalari asosida yuqori o‘sish, yetakchilik va innovatsion salohiyat namoyish etgan shaharlar, mamlakatlar hamda hududlar taqdirlanadi.

Dastur davomida:
🟢 dunyoning yetakchi startup ekotizimlarini taqdirlash marosimi;
🟢 xalqaro ekspertlar va ekotizim vakillari ishtirokidagi panel muhokamasi;
🟢 davlat tashkilotlari, investorlar va startup hamjamiyatlari bilan networking;
🟢 mamlakatlar o‘rtasida yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari o‘rin oladi.

Ushbu tadbir O‘zbekistonni global startup ekotizimlari uchrashadigan va ularning yutuqlari e’tirof etiladigan xalqaro maydonga aylantiradi.


🗓 23-sentabr
🔗 Ro'yxatdan o'tish

🚀 Global startup ekotizimining yetakchi vakillari bilan uchrashish va xalqaro hamkorliklar boshlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

@startupbaseuz

LinkedIn | Facebook | Instagram | Website
  • 🔥 5
  • 🙏 1
  • 😍 1
More from @startupbaseuz
  1. Sep 21, 2026✨ Universitetlarda startap inkubatsiya markazini qanday tashkil etish mumkin? ICT Week doi…
  2. Sep 21, 2026✨ Startup & Venture Summit: From Corporate Innovation to CVC Korporatsiyalar qanday qilib…
  3. Sep 21, 2026✨ ICT WEEK Uzbekistan 2026: 1 KUN QOLDI! Yilning eng yirik texnologik voqeasigacha atigi 1…
  4. Sep 20, 2026✨ Global Startup Ecosystem Awards by StartupBlink: Kuchli startap ekotizimi qanday yaratil…
  5. Sep 20, 2026✨ ICT WEEK 2026: IT Park stendida to‘rt kunlik faol dastur! ICT WEEK Uzbekistan 2026 xalqa…
  6. Sep 19, 2026✨ Startup & Venture Summit: How Capital Is Finding the Fastest-Growing Ecosystems? 22-sent…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →