TGViewer
Spot.uz – biznes va texnologiyalar Spot.uz – biznes va texnologiyalar @spotuz_uz · 10.8K subscribers
Post #20107 560
Prezidentga DOST brendi ostidagi ilk mahalliy avtomobil taqdim etildi

Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston universitetida taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi.

Davlat rahbariga, Idrock sunʼiy intellekt klasteri, biotexnologiya va bioinformatika laboratoriyasi, materialshunoslik, lazer va nanotexnologiyalar hamda ADM mashinasozlik laboratoriyalarining faoliyati namoyish etildi.

ADM Global kompaniyasining Spot‘ga ma‘lum qilishicha, prezidentga DOST brendi ostidagi birinchi milliy avtomobil loyihasi taqdim etilgan.


ADM gibrid DOST avtomobili konsepsiyasi va ishlab chiqarish maydonchasini tayyorlamoqda, uning ilk prototipi 2027-yil boshida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

DOST dastlab mikroavtobuslar segmentida taqdim etilib, bu brendga talabni baholash va keyinchalik yengil avtomobil ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘rish imkonini beradi:

https://www.spot.uz/oz/2026/09/30/dost-car/

Telegram | Instagram | YouTube
  • 👍 40
  • 🔥 19
  • ❤ 10
More from @spotuz_uz
  1. Sep 30, 2026Xususiy maktabda farzandi o‘qiydigan oilalarning 6 mln so‘mgacha daromadi soliqqa tortilma…
  2. Sep 30, 2026O‘zbekistonda shirin ichimliklardagi shakar haqida ogohlantiriladi 2027-yildan boshlab alk…
  3. Sep 30, 2026Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun OTMlarga qo‘shimcha 7 mingta o‘rin ajratildi Birinchi im…
  4. Sep 30, 2026O‘zbekistonda peshlavhalar uchun uch karra elektr energiyasi tarifi bekor qilinishi mumkin…
  5. Sep 30, 2026Mahsulotdan tadbirkorlik platformasigacha: Amway O‘zbekistonga nega chiqmoqda? 1-sentyabr…
  6. Sep 30, 2026O‘zbekistonliklar yil boshidan buyon quyosh energiyasini sotishdan 542 mlrd so‘m daromad o…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →