O‘zbekistonda peshlavhalar uchun uch karra elektr energiyasi tarifi bekor qilinishi mumkin
Tashqi reklama va axborot konstruksiyalari hamda yoritish moslamalari uchun elektr energiyasi to‘lovidagi oshiruvchi koeffitsiyentni bekor qilish taklif qilinmoqda.
Hozirda bunday konstruksiyalar uchun II tarif guruhi tarifiga (1 kVt·soat uchun 1100 so‘m) uch baravar oshiruvchi koeffitsiyent qo‘llanadi.
Loyihada ushbu talabni qoidalardan chiqarib tashlash va elektr energiyasi uchun to‘lovni umumiy tartibga o‘tkazish taklif qilinmoqda.
O‘zgarishlar videoekranlar, elektron displeylar, mediafasadlar, illyuminatsiya va boshqa konstruksiyalarga taalluqli bo‘ladi.
Tegishli qaror loyihasi muhokamasi 14-oktabrgacha davom etadi:
https://www.spot.uz/oz/2026/09/30/electricity/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20104
967

- 👍 8
- 🔥 4
- ❤ 2