Endi hududlardagi lider o‘qituvchilarga 30 mln so‘mdan mukofot puli beriladi
O‘zbekistonda o‘qituvchilarni rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi. Fundamental fanlar bo‘yicha milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50% ustama to‘lanadi.
Har yili 208 ta tuman va shaharning lider o‘qituvchilariga 30 mln so‘mdan mukofot beriladi, 1 ming nafar pedagog xorijda stajirovka o‘taydi.
Kamida 15 yillik stajga ega o‘qituvchilarning farzandlariga oliygoh kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi. Xorijiy va milliy sertifikat olgan pedagoglarning imtihon xarajatlari to‘liq qoplanadi.
Xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifa beriladi.
Shavkat Mirziyoyev ushbu tashabbuslar qariyb 100 ming nafar o‘qituvchini rag‘batlantirishiga ishonch bildirdi:
https://www.spot.uz/oz/2026/09/30/teacher-benefits/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20110
1.13K

- 👍 24
- ❤ 14
- 🔥 12