Xususiy xizmatdan foydalanmagan iste‘molchini gazdan uzish noqonuniy — Energetika vazirligi
Ayrim hududlarda xususiy tashkilotlar fuqarolarga gaz uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatishni taklif qilib, undan foydalanmasa, gaz ta’minotidan uzish bilan tahdid qilmoqda.
Amaldagi tartibga ko‘ra, tegishli ruxsatga ega yuridik shaxslar gaz uskunalari va tarmoqlariga iste’molchining buyurtmasi asosida texnik xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Vazirlik xususiy xizmatdan foydalanishga majburlash yoki buning uchun gazdan uzish noqonuniyligini, qarzdorlik sababli uzish choralarini esa gaz ta’minoti tashkiloti ko‘rishini qayd etdi.
Iste’molchilar gaz jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun Hududgazta’minotning hududiy tashkilotlariga ixtiyoriy murojaat qilishi mumkin, vazirlik esa kuz-qish mavsumida gazdan xavfsiz foydalanishga chaqirdi:
https://www.spot.uz/oz/2026/10/01/gas-disconnection/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20119
982

- 👍 5
- ❤ 4
- 🔥 3