Ijtimoiy tarmoqlarda AVO bank mijozining omonat hisobvarag‘i bloklangani va muddati tugaganiga qaramay, 134 kundan beri mablag‘laridan foydalana olmayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mijozning aytishicha, Yunusobod tumani IIO hisobvaraq asossiz bloklanganini bildirgan, biroq bank cheklovni bekor qilish uchun vakolatli organning tegishli hujjati zarurligini ma’lum qilgan.
AVO bank cheklov huquqni muhofaza qiluvchi organning talabi asosida qo‘yilgani va bank uni mustaqil ravishda bekor qila olmasligini ma’lum qildi.
Bank mijoz taqdim etgan xat cheklovni bekor qilish uchun asos bo‘lmasligini, tegishli hujjat hozirgacha kelib tushmaganini hamda omonat bo‘yicha foizlar shartnoma muddati tugagunga qadar hisoblanganini bildirdi.
Markaziy bank holatni o‘rganib, mijozning hisobvaraqlari Yunusobod tumani prokurori ruxsati bilan IIOning tegishli qarori asosida muzlatilganini ma’lum qildi.
Regulyatorga ko‘ra, bank cheklovni mustaqil bekor qila olmaydi — buning uchun uni qo‘ygan huquqni muhofaza qiluvchi organ yoki sudning tegishli qarori talab etiladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/09/30/avo-bank/
Telegram | Instagram | YouTube
