Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun OTMlarga qo‘shimcha 7 mingta o‘rin ajratildi
Birinchi imkoniyat doirasida Qoraqalpog‘istonda doimiy yashovchi, 68 va undan yuqori ball bilan kunduzgi ta’limga kontrakt asosida tavsiya etilgan yoshlar uchun 500 ta maqsadli qabul o‘rni ajratiladi.
Talabgorlar 2−6-oktyabr kunlari my.uzbmb.uz orqali ro‘yxatdan o‘tib, tavsiya etilgan OTM va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda qatnashadi.
Nomzodlar to‘plagan ballari bo‘yicha saralanadi, viloyatlardagi davlat OTMlariga esa kontrakt asosida qo‘shimcha 6,5 mingta qabul o‘rni ajratiladi.
Mazkur o‘rinlar Qoraqalpog‘istondagi ta’lim tashkilotlarini tamomlagan, 56,7 va undan yuqori ball to‘plab, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar uchun ajratiladi:
https://www.spot.uz/oz/2026/09/30/additional-admission/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20105
758

- 👍 6
- 🔥 3
- ❤ 2