O‘zbekistonda shirin ichimliklardagi shakar haqida ogohlantiriladi
2027-yildan boshlab alkogolsiz ichimliklarda tarkibidagi shakar miqdoriga qarab ogohlantiruvchi yozuvlar paydo bo‘lishi mumkin.
100 ml mahsulotda 5–8 gramm shakar bo‘lgan ichimliklar uchun sariq, 8–11 gramm bo‘lganlari uchun to‘q sariq markirovka qo‘llash taklif qilinmoqda.
11 gramm va undan yuqori shakar bo‘lgan ichimliklarda esa tez-tez iste’mol qilishning zarari haqida ogohlantiruvchi qizil markirovka bo‘ladi.
Yozuvlar qadoqning old tomonidagi maydonning kamida 15%ini egallashi va bir qarashda ko‘rinadigan bo‘lishi kerak.
Tegishli qaror loyihasi muhokamasi 14-oktabrgacha davom etadi:
https://www.spot.uz/oz/2026/09/30/sugar-labelling/
Telegram | Instagram | YouTube
Post #20106
947

- 👍 18
- 🔥 7
- ❤ 5