Hamma odam ham kurslarni o'qish uchun emas, balki o'zini nimadir qilayotgandek ko'rsatish uchun sotib olisharkan.
1000lab odamga kurs sotgan Dovranbek aka Turdiyev shunday deb chiqibdilar itjimoiy tarmoqlarida.
Nimaga biz o'zimizni aldaymiz? Nega inson o'zini aldaydi?
Shu orqali vijdonchamizni yupatamiz. Yo'qsa, u bizni bemalol yashashga qo'ymaydi.
Albatta, agar hali ham tirik bo'lsa.
Keyin yupatish uchun yoki kamida ko'zini shamg'alat qilib turish uchun kurslar sotib olamiz.
Aslida unchalik ehtiyoj yo'q. Tabiatning qo'ng'irog'iga javob bergimiz kelganchalik xohlaganimiz yo'q.
Og'riq yo'q. To'qmiz.
Ammo vijdon qiynayapti.
Ijtimoiy tarmoqda kimdir nimagadir erishyapti.
Hamma harakat qilayotganini va kechasi bilan ishlayotganini ko'rsatyapti.
Ertansiga soat 10gacha uxlaganini emas.
Natijada vijdon qiynalishni boshlaydi.
Axir muhitmiz bir. Virtual olam.
Ming aqlli bo'lsangiz ham, o'zingizdan aqlliroqlar muhitida o'zingizni ahmoqdek sezasiz.
Virtual dunyo ko'pchilikni bitta muhitga tashlaydi.
Natijada shunday ichki bosim oshaveradi.
Ammo nega oxirigacha harakat qilmaymiz? Aksincha, vijdonimizni aldaymiz?
Chunki maqsad chindan biznikimas.
Chindan o'sishga xohish yo'q.
Birov majburlagani uchun qilgan ishingizni hech zo'r qilganmisiz?
Kunning oxirida, ularga sizning qanchalik o'sganingiz yoki qanchalik zo'rligingiz bir tiyinlik qiziqmas.
Xullas, hamma o'zi bilan o'zi ovora.
O'ssangiz, havas qiladiganlar ham, xasad qiladiganlar ham topiladi.
Ammo juda ko'pchilikka baribir bo'ladi.
O'zimizni aldamaylik.
Maqsadlardan og'ib ketyapmiz.
@soliefs
Post #540
1.08K
