Qarorga ta'sir qiluvchilar bor, qaror qiluvchi bor.
Bo'ri yesa ham, yemasa ham og'zi qon. Qarorni kim chiqardi? Men.
Demak, qarorimga ta'sir qiluvchilardan nolishga haqqim yo'q.
Hech kim yomon bo'lsin demaydi.
Shunchaki, o'yinda terimning yo'qligi vaziyatni to'g'ri baholashga to'siq bo'ldi.
Bunday vaziyatda mantiq ishlamaydi. Odam yashab ko'rmagunicha tushunmaydi.
Mantiqan hamma narsani yechishni iloji bo'lganda bitta bomba bilan hamma narsani yechsa bo'lardi.
Unday emas. Yashab ko'rish kerak. O'zi o'sha narsani his qilishi kerak.
Menimcha, qaror qilishni kimgadir topshirayotganda ana shu odam o'z qarorning oqibati ta'sir etadigan kishilarning hayotini kamida boshidan kechirgan yoki chindan his qilgan bo'lishi kerak.
Yo'qsa, mantiqqa tayanishga va keyinchalik ba'zan mantiq ham boshini changallaganicha qolishini ko'rishga majbur bo'laveradi.
Ehh, shunaqa gaplaaar, mantiq ahli.
@soliefs
Post #542
790
