TGViewer
Solief • Unscripted • Brolectual Solief • Unscripted • Brolectual @soliefs · 779 subscribers
Post #547 430
Azizbek aka Rahimov bir podkastda aytyaptilar: "the ultimate bottleneck is the desire".

ya'ni eng katta to'siq bu xohish.

o'qishga kirib, o'qimay qo'ygan, yoki uy-mashina olib, o'z ustida ishlamay qo'yganlarga qarang;

hamma sharoiti zo'rligidan hech nima qilishni xohlamaydigan ko'pchilik o'quvchilarga qarang;

IELTS dan 7.0-8.0 olib, manzilga yetib keldim deydigan bolalarga qarang;

maktabda dars berarkanman, deyarli har kuni shuning guvohi bo'laman.

uzoqqa bormay, va eng avvalo, birovni gapirmay, o'zimni misol sifatida olsam:

tekinga ishlab yurgan paytimdagi drayv bilan oyligim o'rtachadan yuqoriga chiqqandagi drayvning orasida yer bilan osmoncha farq bor.

bu xuddi o'sha toshbaqa va quyon masalidagi complacency, ya'ni haddan tashqari xotirjamlikka berilishga o'xshaydi.

ammo xotirjamlik shunchalik kuchliligidan o'sish uchun harakat ham to'xtab qolgandi.

Alhamdulillah, hozir ancha o'nglandim.

yana o'sha drayv mana asta-asta qaytyapti.

buvijonimning bir gaplari bor.

avval ham aytganman, menimcha:

"qilaman degan odam ikki tog'ning orasida bo'lsa ham qilib qo'yaveradi"

xalqimiz buni "intilganga tole yor" deyishadi.

ustoz sifatida ham biz qilishimiz kerak bo'lgan ish bolaning ichidagu xohishni uyg'otish deb bilaman.

chunki bo'ynidan bog'langan it ovga yaramas.

chindan xohlaganlar esa tog'-u toshlarning orasida mol-qo'y boqib yurib, Anzirat buvi aytadigan "propessor" bolalarga aylanishyapti.

endi savol qoladi:

"xohishlarni qanday paydo qilsa bo'ladi?"

@soliefs
More from @soliefs
  1. Sep 25, 2026kanalning maqsadi yo'qolibdi. postlar chiqyapti, ammo ularni birlashtirib turadigan bir yo…
  2. Sep 17, 2026John: “Matn yozganimizda, o’quvchi asosan kim bo’ladi?” Kursdoshlarim: “Do’stlarimiz, qaye…
  3. Sep 14, 2026Post #544
  4. Sep 12, 2026Hozir sotvoling, keyin to'layverasiz Bizniki juda unga o'xshamasa-da (hozircha), Amerikada…
  5. Sep 7, 2026Qarorga ta'sir qiluvchilar bor, qaror qiluvchi bor. Bo'ri yesa ham, yemasa ham og'zi qon.…
  6. Sep 7, 2026Dramalashtirish Ishlarning pachavasi chiqib turganda qilishimiz mumkin bo'lgan eng yaxshi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →