Xarid-tug'adigan xaridlar
Hech shunday bo'lganmi, yangi narsa olsangiz, boshqa narsalaringiz eskidek yoki arzondek tuyulib ketadi.
Keyin ularni ham yaxshirog'iga o'zgartirgingiz keladi. Garchi o'z funksiyalarini a'lo darajada bajarayotgan bo'lsa-da.
Buni Didero effekti deydi.
18-asrda Fransiyada Denni Didero degan bir faylasuf yashab o'tgan.
Rahmatli akamizga bir kuni qimmatbaho xalat sovg'a qilishadi.
Xalatga qarab, uyidagi narsalar eski yoki arzon ko'rinib qoladi.
Keyin butun uyidagi buyumlarni yangilab tashlaydi va natijada burnidan qarzga botib ketadi.
Ha, aynan burnidan.
Bu haqida o'zi qanday qilib avvalgi buyumlarining egasidan yangi buyumlarining quliga aylangani haqida batafsil yozgan.
Bundan qanday qochish mumkin?
O'zi qochish kerakmi?
Agar yangi xarid sizni buyumlarga egalikdan qulga aylantirayotgan bo'lsa, albatta, ha.
Qutulish uchun dastavval shunday Didero effektiga aldanayotganimizni anglaylik.
Keyin esa buyumlarning funksionalligiga ko'proq e'tibor beraylik.
Ishlayaptimi? Yaxshi ishlayaptimi? Bo'ldi. Almashtirish shartmas.
Yo'qsa, bir xarid boshqa keraksiziga yetaklashi turgan gap.
Sizda ham o'zi shunday holat bo'lib turadimi?
@soliefs
Post #535
884
