TGViewer
Solief • Unscripted • Brolectual Solief • Unscripted • Brolectual @soliefs · 779 subscribers
Post #532 1.15K
tushkunlik, halovatsizlik, diqqat kamligi, fikr tarqoqligi, vahimachilik yoki muammolarda pashshadan fil yasash uchrab turibdimi? o'zingizdan qoniqmaslik avjiga chiqyaptimi? to'xtovsiz charchoq bordir? uyquga to'ymayotgandirsiz? munosabatlaringizdan qoniqmayotgandirsiz? balki vaqtingiz hech nimaga yetmayotgandir?

yechimi bor. offlayn yashang. bilaman, deyarli hech kim buni uddalay olmaydi. ammo men oxirgi paytlar shunga qaror qilyapman. behalovat avlod kitobidan keyin onlayn dunyo haqida fikrim tubdan o'zgarib ketdi. hayotimning bu qismini yetarlicha jiddiy olmayotgan ko'rinaman. post joylash uchun kiryapman telegramga ham. ijtimoiy tarmoqlar telefonimda yo'q. bo'lsa ham, o'chirib tashlayapman o'sha kuniyoq.

bu hayot tomosha qilish uchun berilmagan. uni yashash kerak. ekran ortidan dunyoga qarab o'tgandan shu dunyoda chinakamiga yashagan afzalroq.

o'zingizni aldamang.

hammaga sog'liq, halovat va xotirjamlik tilab,

~ Solief

@soliefs
More from @soliefs
  1. Sep 25, 2026Azizbek aka Rahimov bir podkastda aytyaptilar: "the ultimate bottleneck is the desire". ya…
  2. Sep 25, 2026kanalning maqsadi yo'qolibdi. postlar chiqyapti, ammo ularni birlashtirib turadigan bir yo…
  3. Sep 17, 2026John: “Matn yozganimizda, o’quvchi asosan kim bo’ladi?” Kursdoshlarim: “Do’stlarimiz, qaye…
  4. Sep 14, 2026Post #544
  5. Sep 12, 2026Hozir sotvoling, keyin to'layverasiz Bizniki juda unga o'xshamasa-da (hozircha), Amerikada…
  6. Sep 7, 2026Qarorga ta'sir qiluvchilar bor, qaror qiluvchi bor. Bo'ri yesa ham, yemasa ham og'zi qon.…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →