O'tgan shanba dachada jamoaviy yig'indan keyin hayking qildik.
Kichik Chimyonga. O'sha kuni eng issiq kun bo'lishi kutilayotgandi.
Ertalab chiqib ketdik. 1 soatdan biroz ko'proq chiqishga va qaytishga taxminan 25-30 minut ketdi.
Kichik Chimyonni zabt etdik.
O'zimga chellenj qilib, tezroq chiqishga va irodamni sinab ko'rishga harakat qildim.
Kelasi safar unday qilmayman lekin. Chiqishdagi suhbatlardan mosuvo bo'ldim.
Cho'qqiga birinchi marta chiqishim edi. Zo'r tajriba bo'ldi.
Tafakkur qilishga zo'r mashg'ulot ekan.
Bir kun avval uxlamaganim pand berdi. Tikroq joylariga kelganda charchab qoldim.
Ammo umumiy olganda, charchab mazza qildim.
Yana hayking bo'lsa, yo'q demayman.
Tog' cho'qqisiga hayking: 10/10
@soliefs
Post #521
1.05K


