“Faoliyat ko‘rsatishni amalga oshirdilar”, “sharofati natijasida”, “raqobat kurashi”, “ustidan kuldi”... Bunday “nodir” kashfiyotlarni sanayversangiz, son mingta. Yoshlarning, ayniqsa, muxbirlarning tildagi palapartishliklaridan har gal ranjiyman. Axir tilimiz – shakllangan buyuk tarixiy til. Hech bo‘lmasa, uning oq sochli bobo yoshini hurmat qilish kerak. U yuz yil emas, besh yuz yoki ming yil emas, o‘n besh, hatto yigirma asrlik tarixga ega.
O‘n olti asr oldin toshga o‘yib yozilgan O‘rxun bitiklarini o‘qing: “Otim Eltug‘on Tutuk. Ban tangri elimga elchi ertim. Olti bog‘ budunga beg ertim... Tangridagi kunga, yerdagi elimga bo‘kmadim, ayrildim...”
Qanday sodda, tiniq jumlalar! Faqat hozirgi tilda bir-ikkitagina kichik izohga muhtoj: “tangri el” – davlat, imperiya; “budun” – xalq; “bo‘kmadim” – to‘ymadim.
Asqad Muxtor👉
Qisqa satrlar