TGViewer
Qisqa satrlar Qisqa satrlar @sitadel_quote · 192 subscribers
Post #1478 1.38K
“Faoliyat ko‘rsatishni amalga oshirdilar”, “sharofati natijasida”, “raqobat kurashi”, “ustidan kuldi”... Bunday “nodir” kashfiyotlarni sanayversangiz, son mingta. Yoshlarning, ayniqsa, muxbirlarning tildagi palapartishliklaridan har gal ranjiyman. Axir tilimiz – shakllangan buyuk tarixiy til. Hech bo‘lmasa, uning oq sochli bobo yoshini hurmat qilish kerak. U yuz yil emas, besh yuz yoki ming yil emas, o‘n besh, hatto yigirma asrlik tarixga ega.

O‘n olti asr oldin toshga o‘yib yozilgan O‘rxun bitiklarini o‘qing: “Otim Eltug‘on Tutuk. Ban tangri elimga elchi ertim. Olti bog‘ budunga beg ertim... Tangridagi kunga, yerdagi elimga bo‘kmadim, ayrildim...”

Qanday sodda, tiniq jumlalar! Faqat hozirgi tilda bir-ikkitagina kichik izohga muhtoj: “tangri el” – davlat, imperiya; “budun” – xalq; “bo‘kmadim” – to‘ymadim.

Asqad Muxtor

👉 Qisqa satrlar
  • ❤ 1
  • 🔥 1
More from @sitadel_quote
  1. Oct 13, 2026Tajriba — har kim oʻz xatolariga beradigan nom. Oskar Uayld — «Ledi Uindermirning yelpigʻi…
  2. Aug 3, 2026Bolasini yoʻqotgan ona yuragi yorilib oʻlishi mumkin. Nomusi, izzat-nafsi toptalgan qiznin…
  3. Aug 3, 2026Fikrim "vaqt oʻtyapti!” deymiz sal hazinlik bilan. Bu gapni inson oʻzini ovutish uchun oʻy…
  4. Aug 3, 2026Yozuvchi yolgʻonni toʻqiydi-yu, haqiqatni yozadi. Asqad Muxtor 👉 Qisqa satrlar
  5. Aug 3, 2026Odamni oʻzini yoqtirasizmi yo soyasini baʼzi odamlarning soyasi yaxshiroq oʻzidan Asqad Mu…
  6. Aug 3, 2026“Ko‘cha odamlar bilan gavjum”, deydilar. Vaholanki, “odamlar bilan gavjum”, “qo‘ylar bilan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →