“Mana shuni rizq deymiz”
Musulmon kishi borki, umriga rizqiga baraka so’rashdan to’xtamidi. Rizq o’zi nima? Taqdirga yozilib bo’linganmi yoki duo, harakat orqali o’zgartirsa bo’ladimi? Hammasi kitobda qisqa bo’lsada tushuntirib o’tilgan. Kitobning asosiy maqsadi bandaga Allohni eslatib turish, ehson qilish va payti kelganda qanoat qilib yashashga urg’u berilgan. Nega hammani rizqi har xil, ko’p rizq, mol dunyo doim ham taqdirlanish uchun, yoki nochorlik jazolash uchun berilmagani bayon qilingan.
Rizqni barakali, keng qilishning asosiy omili - ehson, shu ko’p bora ta’kidlangan.
To’g’risi kitobdan o’zim kutgan narsalani 100% ololmadim. Fikrlar oxirigacha to’liq tushuntirilmagan, keyin bir xil narsalar qayta va qayta takrorlangan. Juda oson tilda oddiy yozilgan. Lekin kimligimizni, baribir boradigan manzilimiz birligini, boshqalarga nisbatan adolatli va kibrsiz bo’lishni eslatib turadigan kitob.
@dekretdagiintellekt
