Milliy liboslar kuni — xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va boy madaniy merosini namoyon etadigan kundir.
Bu kunda o‘zbekona milliy liboslar — atlas, adras, beqasam, chopon, do‘ppi va zarhal kashtalar bilan bezatilgan kiyimlar kiyiladi.
Milliy liboslarimiz xalqimizning tarixi, didi, mehr-oqibati va go‘zallikka bo‘lgan intilishini aks ettiradi. Bu kun yosh avlodga milliy qadriyatlarimizni o‘rgatish, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Milliy libos — milliy o‘zligimiz va faxrimiz timsolidir!
🔎Bizni kuzating👇
🌐 https://t.me/sherobod_mtb
Post #10249
871