FARZAND TARBIYA KELAJAK POYDEVORI
Bugun, 17-oktabr kuni tumandagi 1-, 56-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktablarida boʻlim boshligʻi R. Rayimov ishtirokida navbatdagi “Otalar yigʻilishi” boʻlib oʻtdi.
Mazkur yig'ilish farzand tarbiyasida otalarning oʻrni va masʼuliyatini oshirish, oila va maktab hamkorligini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Yig'ilishda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig'i R. Rayimov so'zga chiqib bugungi kunda davlatimiz tomonidan taʼlim tizimiga qaratilayotgan yuksak eʼtibor, maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar haqida gapirdi. Shu bilan birga, faqatgina oʻqituvchining mehnati bilan kutilgan natijaga erishib boʻlmasligini, bola tarbiyasi va uning darsga qatnashishi, xulq-atvori uchun eng birinchi navbatda ota-ona, ayniqsa, otalar masʼul ekanini alohida taʼkidladi.
Bizni kuzating
🌐https://t.me/sherobod_mtb
Post #10270
231






