TGViewer
Channel Public Channel
Sherobod Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi 🖊Axborot xizmati

Sherobod Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi 🖊Axborot xizmati

@sherobod_mtb

https://t.me/sherobod_mtb
Subscribers
2.32K
Photos
8.9K
Videos
491
Links
1.5K
Recent Posts 10 shown
Post #10256 435
ASOSIY FANLAR OLIMPIADASI DAVOM ETMOQDA.

Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh avlodning tariximizga bo‘lgan hurmatini yanada yuksaltirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga nufuzli bilimlar bellashuvi — Asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqichi joriy yilning 16-oktabr kuni Sherobod tumanida ham yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

🔎Bizni kuzating👇
🌐
https://t.me/sherobod_mtb
Post #10255 554
Milliy liboslar kuni davom etmoqda! 🇺🇿🌸

Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va boy madaniy merosimizni o‘zida mujassam etgan milliy liboslarimizga bo‘lgan mehr va e’tibor har birimizga g‘urur bag‘ishlaydi.

Milliy liboslarimiz — milliyligimiz ko‘zgusi, ma’naviy boyligimiz va o‘zligimiz ifodasidir!

🔎Bizni kuzating👇
🌐
https://t.me/sherobod_mtb
  • 🔥 1
  • 💯 1
Post #10254 483
#KelajakMarkazlari
#MaktabMaslahatchilari

👝 Maktab maslahatchisi — kelajak uchun mas'uliyat!

❔ O‘quvchilar bilan samarali ishlashni bilasizmi?
❔ Ularni ilhomlantira olasizmi?
❔ O‘zingizni doimiy rivojlantirishga tayyormisiz?

✔️ Javobingiz "HA" bo‘lsa, bu imkoniyat Siz uchun!

📢 Maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlovning 3-mavsumiga start berilmoqda!

📩 Arizalar tanlov.uzedu.uz platformasi orqali 22-oktabrgacha qabul qilinadi!

Test va suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tib, jamoamizga qo‘shiling!


📱Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📱LinkedIn 📱YouTube
  • ❤ 2
Post #10250 522
“Milliy liboslar — millatimiz ko‘rki” 🇺🇿
Sherobod tumani 77-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida milliy qadriyatlarimizni asrash, yosh avlod qalbida milliy urf-odatlarimizga hurmat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida “Milliy liboslar” chellenji tashkil etildi.
Unda milliy liboslarimizning o‘ziga xosligi, go‘zalligi va betakrorligi namoyon etildi. Milliy kiyimlarimiz xalqimizning boy tarixi, madaniyati va ma’naviy merosini aks ettiradi.
Milliy liboslarimiz — faxrimiz, g‘ururimiz va milliyligimiz ifodasidir!

🔎Bizni kuzating👇
🌐
https://t.me/sherobod_mtb
Post #10249 785
Milliy liboslar kuni — xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va boy madaniy merosini namoyon etadigan kundir.
Bu kunda o‘zbekona milliy liboslar — atlas, adras, beqasam, chopon, do‘ppi va zarhal kashtalar bilan bezatilgan kiyimlar kiyiladi.
Milliy liboslarimiz xalqimizning tarixi, didi, mehr-oqibati va go‘zallikka bo‘lgan intilishini aks ettiradi. Bu kun yosh avlodga milliy qadriyatlarimizni o‘rgatish, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Milliy libos — milliy o‘zligimiz va faxrimiz timsolidir!

🔎Bizni kuzating👇
🌐
https://t.me/sherobod_mtb
Telegram Sherobod Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi 🖊Axborot xizmati https://t.me/sherobod_mtb
  • 👍 3
Post #10247 513

Forwarded from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

‼️‼️‼️

📣
Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

✅ Maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:


🔹26-oktabr (1 kun)
Informatika va axborot texnologiyalari;

🔹 27-29-oktabr (3 kun)
Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun);
Oʻzbek tili (Davlat tili);

❗️Oʻzbek tili va adabiyoti fanidan test sinovlari Toshkent shahri va Toshkent viloyati pedagoglari uchun 28-noyabr (1 kun) kuni bo‘lib o‘tadi.


🔹 30-31-oktabr (2 kun)
Jismoniy tarbiya (Umumtaʻlim);
Musiqa madaniyati;
(jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlaridan koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun ham test sinovlari shu kuni bo‘lib o‘tadi).

🔹 2-7-noyabr (6 kun)
Boshlangʻich taʻlim;

🔹 9-10-noyabr (2 kun)
Matematika;

🔹 11-noyabr (1 kun)
Fizika;

🔹 12-13-noyabr (2 kun)
Tarix;
Davlat va huquq asoslari;
Tarbiya;

🔹 14-noyabr (1 kun)
Texnologiya (servis xizmati yoʻnalishi-qiz bolalar uchun);
Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʻgʻil bolalar uchun);

🔹 16-17-noyabr (2 kun)
Rus tili (milliy maktablarda);
Rus tili va adabiyoti;
Qozoq tili va adabiyoti;
Qirg‘iz tili va adabiyoti;
Tojik tili va adabiyoti;
Turkman tili va adabiyoti;

🔹 18-20-noyabr (3 kun)
Ingliz tili (Umumta'lim);
Fransuz tili (Umumta'lim);
Nemis tili (Umumta'lim);
Xitoy tili;
Yapon tili;
Koreys tili;

🔹 21-noyabr (1 kun)
Tasviriy sanʻat va chizmachilik;
Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik;
Geografiya;
Iqtisodiy bilim asoslari;

🔹 23-24-noyabr (2 kun)
Biologiya;
Kimyo;

🔹 25-noyabr (1 kun)
Psixolog;
Oʻqituvchi-defektolog (Umumtaʻlim);
Oʻqituvchi-logoped (Umumtaʻlim);
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi taʼlim tashkilotlarining pedagoglari:
2-smena
Koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar uchun
(jismoniy tarbiya (umumtaʻlim) va musiqa madaniyati fanlari pedagoglari bundan mustasno).

🔹 26-27-noyabr (2 kun)
Ingliz tili (Maktabgacha);
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi;
Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi;
Jismoniy tarbiya (Maktabgacha);
Musiqa xodimi (Musiqa rahbari);
Nemis tili (Maktabgacha);
O‘qituvchi-defektolog (Maktabgacha);
O‘qituvchi-logoped (Maktabgacha);
Rus tili (Maktabgacha);
Tarbiyachi-metodist (MTT direktor o‘rinbosari);

🔹 27-28-noyabr (2 kun)
Qoraqalpoq tili (Davlat tili);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti;

❗️Eslatma: Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining olib kelishlari so‘raladi.

➖ Sinov jarayonlari o‘tkazilish MANZILLARI

*Ushbu sinov kunlariga zarur hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda, bu haqida pedagoglar qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

Bizni kuzating:

❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
  • ❤ 1
Post #10246 491

Forwarded from Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi

📗 Hurmatli ota-onalar!

Maktabgacha ta’lim tizimidagi mavjud holat, bolalarning ta’lim-tarbiyasi, rivojlanishi, bog‘chalardagi sharoitlar va muammolarni o‘rganish maqsadida anonim so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

😒 So‘rovnoma anonim! Ism-familiyangiz so‘ralmaydi. Ishtirok etish ixtiyoriy.

✅ So‘rovnoma 19 ta savoldan iborat bo‘lib, bolalar tarbiyasi, rivojlanishi, xavfsizligi, ovqatlanish sifati, sanitariya sharoitlari, tarbiyachilar munosabati va ota-onalar takliflarini qamrab oladi.

✅ So‘rovnomada qatnashish uchun havola:
👉👉 So‘rovnoma havolasi 👈👈

💡 Sizning xolis fikr va takliflaringiz bog‘chalardagi muammolarni aniqlash, bolalar uchun xavfsiz va sifatli ta’lim-tarbiya muhitini yaratishga xizmat qiladi.

🔖 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

🌐Telegram    🌐Facebook
🌐Instagram   ▶️You tube
😉Twitter         🌐Veb-sayt
  • ❤ 1
Post #10245 530
Sog‘lom kelajak sari: Sherobod tumanidagi 5-sonli maktabda "Yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!" mavzusida ma’rifiy-sport tadbiri o‘tkazildi.

Bugungi kunda yosh avlodni yot g‘oyalar, turli zararli odatlar va zamon vabosi bo‘lgan giyohvandlik vositalarining salbiy ta’siridan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ana shu ezgu maqsad yo‘lida Sherobod tumani 5-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!" shiori ostida keng qamrovli ma’rifiy-sport tadbiri tashkil etildi.

🔎Bizni kuzating👇
🌐
https://t.me/sherobod_mtb
Post #10240 690
Iste’dodlar poygalari boshlandi.

Mamlakatimizda yosh avlodning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash hamda iqtidorli o‘quvchilarni o‘z vaqtida aniqlashga qaratilgan e'tibor bugun o‘zining amaliy natijalarini bermoqda.


Ana shu ezgU maqsadlar yo‘lida Sherobod tumanida ham umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqichiga start berildi.

Mazkur nufuzli bilimlar sinovi o‘quvchilarning nazariy bilimlari, mantiqiy fikrlash doirasi va ijodiy yondashuvini sinovdan o‘tkazish, shuningdek, ular orasidan bo‘lajak fan chempionlarini saralab olishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

YOU TUBE ONLINE
https://youtube.com/live/RpKgBW1OAGU?feature=share

🔎Bizni kuzating👇
🌐
https://t.me/sherobod_mtb
Older posts →

About this channel

How can I read @sherobod_mtb without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Sherobod Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi 🖊Axborot xizmati: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Sherobod Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi 🖊Axborot xizmati have?
Sherobod Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi 🖊Axborot xizmati (@sherobod_mtb) has 2.32K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Sherobod Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi 🖊Axborot xizmati know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →