Sog‘lom kelajak sari: Sherobod tumanidagi 5-sonli maktabda "Yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!" mavzusida ma’rifiy-sport tadbiri o‘tkazildi.
Bugungi kunda yosh avlodni yot g‘oyalar, turli zararli odatlar va zamon vabosi bo‘lgan giyohvandlik vositalarining salbiy ta’siridan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana shu ezgu maqsad yo‘lida Sherobod tumani 5-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida "Yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!" shiori ostida keng qamrovli ma’rifiy-sport tadbiri tashkil etildi.
🔎Bizni kuzating👇
🌐 https://t.me/sherobod_mtb
Post #10245
536