#OTA-ONALAR YIG‘ILISHI
2026-yil 17-oktabr kuni Surxondaryo viloyati Sherobod tumani umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ota-onalari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida o‘quvchilarning maktabga moslashuvi, darslarga muntazam qatnashishi, o‘quv qurollarini to‘liq olib kelishi, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi hamda odob-axloq qoidalariga amal qilishi masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta’lim-tarbiyasida ota-onalarning o‘rni, farzandlarning kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish, uy vazifalarini bajarishini nazorat qilish va maktab bilan oila hamkorligini mustahkamlash yuzasidan tavsiyalar berildi.
Yig‘ilish yakunida ota-onalarga farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda o‘qituvchilar bilan doimiy hamkorlikda ishlash tavsiya etildi.
Bizni kuzating
🌐https://t.me/sherobod_mtb
Post #10280
255






