Sherobod tumanida xorijiy tillarni o‘qitishda chet el tajribasi amaliyotda joriiy etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024-yil 2-fevraldagi PQ-53-son qarori ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar Sherobod tumanida jadal davom etmoqda.
Shu munosabat bilan Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i R.Rayimov tumandagi 56-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasiga xorijdan jalb qilingan ingliz tili fani o‘qituvchisi Mister Anele Mnyamananing faoliyati hamda dars o'tish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilar bilan muloqot qilinib, ularning xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari tinglandi. Mutaxassislar yoshlarga chet tilida erkin muloqot qilish ko‘nikmalarini singdirish borasida o‘zlarining tavsiyalarini berib o‘tdilar.
Bizni kuzating
🌐https://t.me/sherobod_mtb
Post #10265
569





- ❤ 2