TGViewer
Channel Public Channel
Subscribers
1.41K
Photos
98
Videos
219
Links
331
Recent Posts 19 shown
Post #480 1.87K
Ijod, sanʼat borasida sunʼiy idrokga munosabatim ijobiy emas, toʻgʻrisi. Qarichilikdandir-da deb qoʻyaman.

Yaqinda bir olmoncha kitob haqida oʻrgana turib bir tan berib qoʻydim. Nomini, bir ikkita jinsdoshlarining ketidan JiPiTivoyga oʻgirtirib koʻrdim. “Der Hecke” soʻzini “hayzor” deb oʻgirib bersa boʻladimi?! Oʻrischasi “живая изгородь”. Qoyil qoldim. Boshqalar "to‘siq", "devor"dan nariga o‘tmagandi.

Xullas, nomida shu soʻz ishtirok etadigan, oʻzbek kitob bozorida oʻxshashi kam kitoblardan biri tarjima boʻladigan. Oʻzi nashriyotda reja qilinayotgan kitoblar haqida maʼlumot berib turilgani yaxshimi? Kerakmi?

P.S. “Jang klubi” chiqishiga oz qoldi 😂

💬 https://t.me/SanjarNazar
  • 😁 13
  • 🔥 11
  • 👍 7
  • ❤ 3
Post #476 805

Forwarded from davletovuz

Норвегия ҳукумати 2016 йилда ҳар бир болага беш ёшидан айпад (планшет) берган экан. Ўн йиллик маълумотлар таҳлили шуни кўрсатибдики, болаларда саводхонлик даражаси жуда тушиб кетган, улар оддий матнларни ҳам ўқий олмайдиган бўлиб қолишган. Бундан ташқари, луғат бойлиги ҳам пасайиб кетган.

Ҳукумат хатосини тушуниб, бошланғич синфлардан айпадларни олиб қўйибди. Мактабларда смартфонлардан фойдаланиш чекланибди, китоб билан ўқитишга эътибор яна кучайтирилибди. Оммавий китобхонлик тарғиботига урғу қаратилмоқда экан, турли танловлар уюштириляпти экан.
  • 👍 13
  • 🔥 12
  • 💯 5
  • ❤‍🔥 2
  • 🤔 1
Post #474 2.2K
Rivojlangan kitob sanoati, yuksak kitobxonlik madaniyati olamshumul qarorlar bilan shakllanib qolmasa kerak deb taxmin qilaman. Qaysidir kitob uchun tanlagan shrift, biron nashrning oʻziga xos taqdimoti, qaysidir kitob doʻkonidagi muhit kabi yuzlab “zarra” jamlanmasidan paydo boʻlsa kerak ular. Ulardan alohida bittasi misol qilib olinsa, arzimas boʻlinib koʻrinar ham. Ammo ana shu kichik unsursiz murod hosil boʻlmaydi.

“Qamar”ning “Matn ortida” kitobxonlik klubi ham shunday unsurlardan biri boʻldi deb oʻylayman. Klubda kitob tahlillari ustida uyushtirilgan suhbatlar 10 ga yaqinlashib qoldi. Ulardan birida men ham qatnashgandim. [To‘liq video]

Bunday klublar turli formatlarda koʻplab boʻlishi kerak. Shunda kitobxonlik madaniyati yuksaladi. Sifatli kitobxon shakllanadi va yaxshi kitoblar bozorining oʻzida oson saralanadi.

💬 https://t.me/SanjarNazar
  • 🔥 8
  • ❤ 5
  • 👍 4
  • 🤝 3
Post #473 711

Forwarded from Matn ortida | Kitobxonlik klubi

Kitob tanlash — oddiy ish emas 📚

Bu — katta suhbatning kichik bir parchasi, lekin shu bir necha soniyada muallif ota-onalar ko‘pincha e’tibor bermaydigan muhim narsani aytadi: bolaga kitob berishdan oldin, avval zehniyat va aqidani to‘g‘rilash kerak.

▶️ Toʻliq videoni koʻrish uchun bosing!
  • 👍 8
  • ❤ 4
  • ❤‍🔥 1
Post #472 770
Quyidagilarni 2019-yilda yozgan edim. Oʻshanda qachondir shu narsa amalga oshishiga ishonganmanmi? Toʻgʻrisi, doim ham ishona olmaganman. Bu ishga bosh qoʻshganlarni Alloh munosib mukofotlasin! Ajoyib mevalar berishiga ishonaman.

Noshirning chodirxayoli

Oʻylaab qolaman, avvaliga poytaxtda va keyinchalik viloyat hamda tuman markazlarida kitob savdo-koʻngilochar markazlari ochilsa qanday boʻlar ekan-a?! 4 qavatligina boʻlsa ham yetadi. 1-2- qavatlarda nashriyotlarning xos doʻkonlari joylashsa. Ular kitoblarini nashriyot narxida sotish sharti bilan tekinga yoki arzonga ijaraga berilsa. 3-qavatda mutolaa kechalari, imzo kunlari, kitob bayramlari oʻtkazish mumkin boʻlsa. 4-qavatda doʻkonlardan imtiyozli foydalanganlik evaziga beriladigan 5-6 dona majburiy nusxalardan tashkil etilgan tekin kutubxona boʻlsa. Maktablar bir kunini kitob kuni deb eʼlon qilib shu markazda aylanib, oʻynab, oʻqib dars oʻtishsa.

Yoki kitob xiyoboni boʻlsa.


💬 https://t.me/SanjarNazar
UZA.uz "Мақсадимиз – инсонлар вақти ва шаҳар ресурсини тежайдиган яшил Тошкентни бирга қуриш” – Шавкат Умрзоқов Қарор юзасидан
  • ❤ 6
  • 👏 6
  • ❤‍🔥 3
  • 👍 2
  • 🔥 2
Post #468 611

Forwarded from Matn ortida | Kitobxonlik klubi

Bu asar barcha davrlarning eng yaxshi romanlari qatorida! 🔥

📕 “Matn ortida” kitobxonlik klubining 2-soni mehmoni adabiyotshunos va noshir Sanjar Nazar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yodingizdami?

Mazkur sonda “Pashshalar hukmdori” kitobi muhokama qilingan va kitobdagi asl maqsad — Yaratganni tanish ekani go‘zal tarzda tushuntirilgan.

🎬 Suhbatning to‘liq shakli YouTube sahifamizga joylandi.

🔔 To‘liq video ko'rish uchun havola ustiga bosing!

@matn_ortida
  • 👍 6
  • ❤ 4
  • 🔥 2
Post #466 808

Forwarded from Matn ortida | Kitobxonlik klubi

Bu kitob barcha davrlarning eng yaxshi asarlari qatorida! 🔥

📕 “Matn ortida” kitobxonlik klubining 2-soni mehmoni adabiyotshunos, noshir Sanjar Nazar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yodingizdami?

Mazkur sonda “Pashshalar hukmdori” kitobi muhokama qilingan va kitobdagi asl maqsad — Yaratgan zotni tanish ekani go‘zal tushuntirilgan.

🎬 Suhbatning to‘liq shakli 15-avgust, shanba kuni YouTube sahifamizga joylanadi.

🔔 Hoziroq YouTube sahifamizga obuna bo‘ling: Qamar_uz

@matn_ortida
  • 👍 7
  • 🔥 5
Older posts →

About this channel

How can I read @sanjarnazar without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Sanjar Nazar: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Sanjar Nazar have?
Sanjar Nazar (@sanjarnazar) has 1.41K subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Sanjar Nazar know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →