Rivojlangan kitob sanoati, yuksak kitobxonlik madaniyati olamshumul qarorlar bilan shakllanib qolmasa kerak deb taxmin qilaman. Qaysidir kitob uchun tanlagan shrift, biron nashrning oʻziga xos taqdimoti, qaysidir kitob doʻkonidagi muhit kabi yuzlab “zarra” jamlanmasidan paydo boʻlsa kerak ular. Ulardan alohida bittasi misol qilib olinsa, arzimas boʻlinib koʻrinar ham. Ammo ana shu kichik unsursiz murod hosil boʻlmaydi.
“Qamar”ning “Matn ortida” kitobxonlik klubi ham shunday unsurlardan biri boʻldi deb oʻylayman. Klubda kitob tahlillari ustida uyushtirilgan suhbatlar 10 ga yaqinlashib qoldi. Ulardan birida men ham qatnashgandim. [To‘liq video]
Bunday klublar turli formatlarda koʻplab boʻlishi kerak. Shunda kitobxonlik madaniyati yuksaladi. Sifatli kitobxon shakllanadi va yaxshi kitoblar bozorining oʻzida oson saralanadi.
💬 https://t.me/SanjarNazar
Post #474
2.21K


- 🔥 8
- ❤ 5
- 👍 4
- 🤝 3