✅Toza va tartibli poligonlar — ekologik xavfsizlik garovi
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi davlat muassasasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan poligonlarda chiqindilarni surish, tekislash va ustini tuproq bilan yopish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlar chiqindi poligonlaridan samarali foydalanish, hududning sanitar holatini yaxshilash hamda yong‘in xavfining oldini olishga qaratilgan.
Belgilangan chora-tadbirlar doirasida poligonlarda tartib va tozalikni ta’minlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube



