TGViewer
Chiqindilarni boshqarish agentligi | Агентствa по управлению отходами Chiqindilarni boshqarish agentligi | Агентствa по управлению отходами @sanitationuz · 1.72K subscribers
Post #5176 331
#EkologikMadaniyat #TozaShahar #Sirdaryo

💡Chiqindilarni saralash va qayta ishlash bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida “Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida Guliston davlat universitetida “Toza shahar” o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirning dastlabki qismida ishtirokchilarga chiqindilarni yig‘ish va tashishda foydalaniladigan maxsus texnika hamda elektr motorollerlar namoyish etildi. Talabalarga mazkur texnikalarning ishlash prinsipi va chiqindilarni yig‘ish jarayonini samarali tashkil etishdagi o‘rni haqida ma’lumot berildi.

Seminar davomida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarishning zamonaviy usullari yuzasidan fikr almashildi. Xususan, chiqindilarni saralash, qayta ishlashga yo‘naltirish hamda resurslardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Ma’lumot uchun, ushbu o‘quv-seminar darslari respublika bo‘ylab joriy yil oxirigacha davom etadi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • ❤ 3
  • 👍 1
  • 🔥 1
More from @sanitationuz
  1. Oct 3, 2026⚡️Jamoatchilik fikri yuzasidan so‘rovnoma ruknidan Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlas…
  2. Oct 3, 2026#Hududlardanxabarlar #Samarqand 🔎 Poligonlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari da…
  3. Oct 2, 2026#EkologikMadaniyat ♻️Non — chiqindi emas! Dasturxonimizga yetib kelguncha katta mehnat va…
  4. Oct 2, 2026#TozalikOyligi #Namangan 🌱 “Tozalik va ozodalik” oyligi doirasida tozalik ishlari olib bo…
  5. Oct 2, 2026#HududlardanXabarlar #Poligon #Fargona ✅Farg‘ona: chiqindi poligonlari tartibga keltirilmo…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →