🔎 Poligonlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
Samarqand viloyatining hududiy chiqindi poligonlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida ekologik holatni yaxshilash, hududlarni tartibga keltirish hamda chiqindilarni belgilangan tartibda joylashtirish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, chiqindi poligonlarida to‘planayotgan chiqindilarni surish va tekislash, ayrim hududlarda tuproq qatlami bilan yopish, poligonlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlar kuz-qish mavsumida chiqindi poligonlarining sanitar holatini barqaror saqlash, hududlarni tartibga keltirish hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida izchil davom ettirilmoqda.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube



