TGViewer
Chiqindilarni boshqarish agentligi | Агентствa по управлению отходами Chiqindilarni boshqarish agentligi | Агентствa по управлению отходами @sanitationuz · 1.72K subscribers
Post #5196 444
♻️ Chiqindidan elektr: 11 ta zavod yiliga 2,2 mlrd kVt/soat energiya ishlab chiqaradi

🔼Bugun, 6-oktabr kuni Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi tomonidan chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi olinadigan loyihalar doirasida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

✅Brifingda agentlik boshqarma boshlig'i Aziza Nazarova O‘zbekistonning barcha hududlarida qattiq maishiy chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilayotgani haqida ma'lum qildi.

🟡Ikkinchi bosqich doirasida umumiy qiymati 625 million AQSH dollari bo‘lgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga yana qo'shimcha 5 ta zamonaviy zavod barpo etilmoqda.

🟡Loyihalar to‘liq quvvatga chiqqach, yiliga 1,9 million tonna chiqindi qayta ishlanib, 635 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

🟡Shuningdek, 158 million kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinib, 316 ming tonnagacha issiqxona gazlari tashlamalari kamaytiriladi.

🟡Birinchi va ikkinchi bosqich doirasidagi jami 11 ta investitsiya loyihasining umumiy qiymati 1 milliard 558 million AQSH dollarini tashkil etadi.

🟡Zavodlar 2027–2028-yillarda bosqichma-bosqich ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Natijada yiliga 5,4 million tonna qattiq maishiy chiqindi termik qayta ishlanib, 2,2 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi hamda 1 500 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
  • 👏 4
  • 👍 2
  • 🔥 2
More from @sanitationuz
  1. Oct 7, 2026Post #5197
  2. Oct 6, 2026#Hududlardanxabarlar #Andijon ✅Toza va tartibli poligonlar — ekologik xavfsizlik garovi Ch…
  3. Oct 6, 2026#Hududlardanxabarlar #Seminar 🪴Jizzaxda “Toza shahar” mavzusida seminar o‘tkazildi Chiqin…
  4. Oct 5, 2026#Hududlardanxabarlar #Sayyorqabul 🔻 Muammolar joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar belgila…
  5. Oct 3, 2026⚡️Jamoatchilik fikri yuzasidan so‘rovnoma ruknidan Belgilanmagan joylarga chiqindi tashlas…
  6. Oct 3, 2026#Hududlardanxabarlar #Samarqand 🔎 Poligonlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari da…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →