🔻 Muammolar joyida o‘rganilib, amaliy yechimlar belgilandi
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan mavjud muammolarga tezkor yechim topish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Baxmal tumanidagi “Fayzobod” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan hududdagi chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, sanitar holatni yaxshilash, chiqindilarni boshqarish xizmatlari bilan bog‘liq masalalar hamda debitorlik qarzdorligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat mas’ullar tomonidan joyida o‘rganilib, muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Natijada mahalla aholisidan kelib tushgan jami 16 ta murojaatning barchasi joyida ijobiy hal etildi.
Sayyor qabul davomida hududning sanitar holatini yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube


