📌 KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatova mas’ullar hamrohligida institutning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida o‘quv binolari va talabalar turar joylarini barqaror issiqlik bilan ta’minlash, isitish tizimlarining holati, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlarining mavsumiy yuklamaga tayyorgarligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Rektor institut issiqxonasining texnik holati, isitish tizimlarining barqaror ishlashi hamda sovuq ob-havo sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
➡️ Shuningdek, hududda barpo etilayotgan Yoshlar bog‘ining qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, mavsumiy sharoitni inobatga olgan holda qurilish ishlarini sifatli va xavfsiz tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook






