🌷 11-OKTABR — XALQARO QIZLAR KUNI!
Qizlarning baxtli hayot kechirishi, sifatli ta’lim olishi, o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishi hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim ahamiyatga ega. Har bir qizning ezgu niyat va orzularini qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlarini kengaytirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash biz — ota-onalar va ustoz-murabbiylarning eng muhim vazifalarimizdan biridir.
Aziz qizlar! Doimo bilim olishga intiling, o‘z oldingizga yuksak maqsadlar qo‘ying va orzularingiz sari dadil qadam tashlang. O‘z iste’dodingiz, bilimingiz va intilishingiz bilan kelajakda katta yutuqlarga erishing!
🌷 Xalqaro qizlar kuni muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Shahzoda Negmatova
Samarqand davlat pedagogika instituti rektori,
xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati
🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook
Post #40583
904
