Samarqand davlat pedagogika institutida vakant tyutorlik lavozimlariga nomzodlar o‘rtasida tanlov tashkil etildi.
➡️ Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari asosida o‘tkazildi.
Jarayonda nomzodlarning talabalar bilan ishlash tajribasi, ularning muammolarini hal etish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, davomadni nazorat qilish, tashabbuskorlik va innovatsion yondashuv borasidagi bilim hamda ko‘nikmalari baholandi.
📌 Tanlovdan maqsad tyutorlik faoliyati samaradorligini oshirish, munosib nomzodlarni saralash va talabalar bilan ishlash sifatini yanada yaxshilashdan iborat.
🌐
SamDPI Matbuot xizmati
👍 Telegram | 📷 Instagram | 📒 Facebook | 🖤 You tube |




